Inson ogoh bo‘lsagina o‘zining kelajagiga aql bilan teran nazar tashlaydi
Hozirgi paytda insoniyat hayotidagi taraqqiyet va rivojlanishni ilm-fansiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Biror soxa yo‘qki u ilmsiz ravnaq topgan, yuksalgan bo‘lsa. Shu bois Alloh taolo ilm o‘rganishga intilishni har bir mo‘min-musulmon zimmasidagi farz etib quygan.
Qur'oni karimning ilk nozil bo‘lgan oyati ham “o‘qi” degan amr bo‘ldi. Alloh taolo ilm izlashni va o‘rganishni musulmon bandalariga qatiy buyurgan Alloh taolo aytadi: ”Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland)daraja (martaba)larga ko‘tarur. Alloh qilayotgan(barcha yaxshi va yomon) amallaringizdan xabardordir” (Mujodala surasi 11)
Darhaqiqat, inson ogoh bo‘lsagina o‘zining kelajagiga aql bilan teran nazar tashlaydi, kelishi yoki sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan fitna-fasod, havf-xatarni oldini olish va bartaraf qilish harakatida bo‘ladi. Aksincha, g‘ofil, beparvo va loqayd bo‘lgan kimsa esa atrofida nimalar bo‘layetganiga ham etibor bermay oxir oqibat turli balo va musibatlarga duchor bo‘ladi.
Har bir musulmon turli fitna, fasod ishlardan, buzgunchilik, dinda fitnaga tushish, xususan bir jamiyatda yashovchi insonlar o‘rtasida tafriqa solish, buzg‘inchi fiqir va botil g‘oyalarni tarqatish kabi noshar'iy amallardan ehtiyot bo‘lish zarur.
Ayniqsa, ota-onalar o‘z farzandlariga to‘g‘ri maslahatlar berib, ularni sog‘lom va baquvvat o‘sib-ulg‘ayishlari uchun, ilmli, marifatli, vatan, jamiyat uchun zarur va muhim bo‘lgan barcha ilmiy sohalar bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lishlariga g‘amxo‘r bo‘lishlari kerak.
Zero, Payg‘ambarimiz (s.a.v) muborak bir hadislarida ”Har biringiz tarbiyachisiz va har bir tarbiyachi qo‘l ostidagilariga javobgardir”-deb, marxamat kilganlar. Shuning uchun ijtimoiy tarmoqlardagi fitnalardan ogoh bo‘laylik.
Hazrati Payg‘ambarimiz (s.a.v) shunday ogohlantirganlar “fitna uxlab yotgan bir narsadir. Kimiki uni uyg‘otib yuborsa, unga Allohni la'nati bo‘lsin". Ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanishni Allohim nasib etsin.
To‘lqin domla Isayev Urgut tumani "G‘avsul A'zam" jome masjidi imom-xatibi
Kiritilgan vaqti: 07/09/2023 15:17; Ko‘rilganligi: 654
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 06:59