Hizbut-tahrir al-islomiy tashkilotining moliyaviy manbalari.
Ma'lumotlarga ko‘ra, “Hizbut-tahrir”ning asosiy homiylari sifatida ayrim davlatlarda joylashgan, o‘z siyosiy maqsadlarini ko‘zlagan ba'zi tashkilotlar moliyashtirib turishini keltirib o‘tish mumkin. Bundan tashqari har bir jamoa a'zosi o‘zining oylik daromadidan 10% miqdorida mablag‘ ajratib turadi. Ayrim kuzatuvchilarning xulosalariga ko‘ra, hizbning boshqaruv vakilligini ular bilan doimiy aloqada bo‘lgan terrorchilik tashkilotlari ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Ayni paytda, jamoa a'zolari tomonidan “xazina”ni boyitish uchun istalgan boshqa mablag‘lar (adabiyot sotuvi, tijorat tuzilmalari va partiya tarafdorlari bo‘lgan alohida shaxslarning ixtiyoriy ajratmalari va boshqalar) tashkil etilishi mumkin.
Harakatga a'zolik. “Hizbut-tahrir” a'zolari masjid, mahalla va bozorlarda asosan dinga moyilligi bo‘lgan yoshlarni (ular o‘zini odobi, tarbiyasi va oilaviy ahvoli bilan boshqalarga o‘rnak bo‘la oladigan va o‘zi ham da'vat qilganida “beshlik” xalqalar tuzib, shaxslarga o‘z so‘zini o‘tkaza oladigan bo‘lishi shart) jalb qilib, ularni xalqalarda avval islom tarixi xususidagi suhbatlar bilan bilim darajasini aniqlashadi. Keyinchalik ular orasidan iqtidorli, da'vatini boshqalarga o‘tkaza oladigan va hizbga foyda keltiradigan kishilarni ajratib olib, ularga asta-sekin jamoaning taktika va strategiyasini belgilab beruvchi darslar olib boriladi. (davomi bor)
O‘MI samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov tayyorladi
Kiritilgan vaqti: 19/08/2020 16:25; Ko‘rilganligi: 1285
Chop etilgan vaqti: 11/10/2025 03:52