O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Hizbut-tahrir al-islomiy tashkilotining g‘oyalari va asoslari

 
 

Dastavval Falastinni ozod qilishni maqsad qilgan Nabahoniy, keyinchalik butun dunyo musulmon mamlakatlarini birlashtiruvchi yagona xalifalik davlatini qurishni bosh maqsad deb e'lon qilgan. Shundan keyin esa, ushbu shakillangan islom ummatining davatlari orqali butun dunyoda xalifalik davlatini qurish mumkin deb hisoblaydi.

Harakat strategiyasi. Tashkilot hukumatni qo‘lga olishda quyidagi uslublarni qo‘llaydi:

  • Fikriy kurash. Bu omma orasida o‘zining “madaniy” qarashlarini targ‘ib qilish orqali bo‘ladi;
  • Fikriy inqilob. Bunda madaniy va siyosiy faoliyat olib borilib, hizbning fikrlari jamiyat ongiga singishi bilan yuzaga keladi;
  • Hukumatni egallash. Bu bosqich “tarbiyalangan ummat” orqali barcha hukumni qo‘lga olish bilan yakunlanadi.

So‘ngi yillarda “Hizbut-tahrir” da g‘oyaviy yakdillik yo‘qolib,

faoliyatida yuzaga kelgan samarasizlik tarkibiy bo‘linishlarga olib keldi. Undan “Hizbun-nusra”  guruhi ajralib chiqdi. Shuningdek, “Hizbut-tahrir” ning “Ayollar qanoti” kuchaytirilishi barobarida, ular orasida o‘zini o‘zi o‘ldirish, ya'ni “istishhod” amaliyotidan keng foydalanilmoqda.

Strukturasi. “Hizbut-tahrir”ning a'zolari o‘rtasida taqsimlangan vazifalar aniq belgilanganbo‘lib, unga ko‘ra, “Amir Qiyodat” (dunyo bo‘yicha xalifalik davlatining eng katt rahbari), “Mo‘tamad” (Vakil, ma'lum bir davlat boshlig‘i), “Mas'ul” (javobgar, viloyat bo‘yicha boshliq), “Naqib” (rahbar, rais, tuman bo‘yicha boshliq), uning yordamchisi esa “Musoid” va undan keyingi lavozimdagilar “Jihoz a'zolari” (boshqaruv idora a'zolari) deb ataladi. Harakatga kiruvchilarni o‘qitishga mas'ullar “Mushrif” (guruh rahbari) deyilsa, o‘quvchilar “Doris” (o‘quvchi) deb belgilangan. (davomi bor)

 Samarqand viloyat bosh imom-xatibi - Zayniddin Eshonqulov tayyorladi


Kiritilgan vaqti: 12/08/2020 13:26;   Ko‘rilganligi: 1308
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/hizbut-tahrir-al-islomiy-tashkilotining-goyalari-va-asoslari
Chop etilgan vaqti: 10/10/2025 00:33
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing