Har bir inson yer yuzida tinchlik, osoyishtalik va adolat barqaror bo‘lishi uchun Allox Ta'olo oldida mas'uldirlar.
Bugun dunyoda ko‘plab buzg‘unchi oqimlar muqaddas Islom dinini niqob qilib begunoh insonlarni qonini to‘kmoqdalar. Bu oqimlarni bir so‘z bilan «Dinbuzarlar» deb atash mumkin.
Ular o‘zlariga turli nomlarni qo‘yib, diniy shiorlarni bayroq qilib oladilaru lekin qilayotgan ishlari dinimizga ziddir. Diniy ekstremizm jamiyat uchun an'anaviy bo‘lgan diniy qadriyatlar va aqidaviy ahkomlarni rad etish va ularga zid bo‘lgan g‘oyalarni aldov va zo‘rlik bilan targ‘ib qilishdir. Markaziy Osiyoda diniy ekstremistlar mintaqa xalqlari uchun an'anaviy bo‘lgan Xanafiy mazxabi va Moturidiya aqidasini rad etib, musulmonlarga siyosiylashtirilgan g‘oyalarni singdirishga urinmoqdalar.
Asosiy maqsadi musulmon dunyosini birlashtiruvchi yagona xalifalik davlatini qurish bo‘lgan «Xizbut-tahrir» tashkiloti jixodni targ‘ib qilish barobarida terrorchi guruxlar uchun «Zombilashtirilgan» jangarilar yetkazib bermoqda, so‘ngi yillarda «Salafi solixlarga ergashish» shiorini niqob qilib olgan «Salafiylik» oqimidagilar qur'on oyatlarini so‘zma-so‘z talqin qilib oyatlarni majoziy ma'nolarini rad etadilar. Muxammad sollallohu alayhi vasallam mavludlarini nishonlashga qarshi, o‘zlariga ergashmagan musulmonlarni kofirlikda ayblaydilar. «Jihodchilar» ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chikarish, amaldagi dunyoviy konstitusion tuzumni ag‘darib, islom amirligi shaklidagi davlat kurish uchun terror va qo‘poruvchilikni avj oldiradilar. «Nurchilik» islom dini asoslarini buzayotgan diniy-fundamentalistik tashkilot.
Ularning shiori «Maqsadga erishish yo‘lida xar qanday yolg‘on va xiyla ishlatish mumkin to qudratli bo‘lmaguncha, ma'naviy jihod orqali xarakat qilish lozim»- degan fikri; ularning o‘z niyatlariga yetishish yo‘lida xech narsadan qaytmasliklarini ko‘rsatadi. Boshqa buzg‘unchi oqimlarning maqsadi xam, faoliyati xam dinimiz ko‘rsatmalariga zid ekanini xayot tasdiqlamokda. Buzg‘unchi oqimlar dunyo xalqiga fakat yomonlik, vayronalik va motam keltirmokda. Ular ayni kunda chet mamlakatlarda ishlayotgan vatandoshlarimiz orasiga kirib O‘zbekistondagi mavjud yangilanishlar, isloxotlar bilan bog‘lik tabiiy muammolarni bo‘rttirib ko‘rsatgan holda, ularning yechimi o‘zlarining qo‘lida ekanini da'vo qilmoqdalar.
Qur'oni karimda begunoh kishilarni joniga qasd qilish qoralanib, jumladan, bunday marhamat qilinadi: «Kimda-kim kasddan bir mo‘minni o‘ldirsa uning jazosi jaxannamda abadiy kolishdir. Yana unga Allox g‘azab kilgay, la'natlagay va unga ulkan azobni tayyorlab qo‘ygay.» (Niso surasi 93-oyat.) Chunki har bir inson yer yuzida tinchlik, osoyishtalik va adolat barqaror bo‘lishi uchun Allox Ta'olo oldida mas'uldirlar.
Boboyev Sarvarxo‘ja Samarqand shahar "Qo‘shboqqolli" jome masjidi imom-xatibi
Kiritilgan vaqti: 26/07/2023 15:21; Ko‘rilganligi: 612
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 06:41