O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

HAQIQATLAR

 
 

Koshki, bu yangi chiqgan toifalar Allohning Zotida tafakkur yuritish masalalari haqida fitna qo‘zg‘ab, omma xalqni ongini bo‘zmasalar edi. Ular ham, "Alloh (azza va jalla)ga nima loiq bo‘lsa, shunday deyman, nima narsa nuqson bo‘lsa, Allohni poklayman"-deb, Allohning Zoti to‘g‘risida aqillarini yuritamasalar edi. Biz bu masalalar haqida, omma xalqqa aslo gapirmagan bo‘lardek. Aksincha, Allohni tanitish va yolg‘iz U Zotgagina ibodat qilish, hamda Islom axloqlari va ahkomlarini ta'lim berish bilan cheklangan bo‘lardek.

• Ammo, bu toifalar - Arablarning kalomdagi iste'molotlarini bilmasdan - o‘zlarining ushbu noqis fikrlari va botil shubhalariga Qur'on va Hadisdan dalil keltirmoqchi bo‘ladilar. Buni asil haqiqatini izhor qilish, Ahli ilmlarning zimmalaridagi omonatlaridir. Allox rozi bo‘lsin. Dunyo bo‘ylab, ko‘plab Ulamolar har birlari o‘z taxassusida ushbu fitnaga marham berishga hissa qo‘shib kelmoqdalar. (Alloh ularni O‘z hifzida asrasin. Xizmatlariga barakot va davomatlikni bersin. Omin).

• Bu fitnani avvalo ular boshlab berib, endi go‘yoki, Ahli sunna Ulamolarini fitnachidek, qilib ko‘rsatmoqdalar. Biroq, avvalgi yillarda boshlagan bu fitna - so‘ngi yillarga kelib, hujumini bizning o‘rta-Osiyoga qaratib, alangalanmoqda.

Ushbu toifaning shiorlaridan: "Kim senga to‘g‘anoq bo‘lmasligini istasang - yoki ishini tinchit, yoki haqorat va tuhmatlar bilan nomsizlashtir", degan gap bo‘lsa kerak. Chunki, bulardan ko‘pchiligini guvohi bo‘ldim. Ko‘p martta oldingizda "hurmat", ketingizdan "tuhmat" qilib, MUNOFIQONA amal qildilar.

Ushbu toifa bilan mubtalo bo‘lgan ba'zi kishilardan - haqni izlab, natijada haqga qaytganlar ham kam emas !

Ammo, afsuski, quloqmullo bo‘lib qolib, o‘z fahmini Salaflarga nisbat berib, Salaflarning so‘zlarini tushunmasdan, o‘zlaridan olim yasab olgan ba'zi shaxslar boshqalarni ham toydirishda davom etmoqdalar. Balkim, ulardan ba'zilari - turlicha nojo‘y da'vatlari tufayli, qanchalab begunoh musulmonlarni jonlariga zomin bo‘ldilar, desak ham noto‘g‘ri bo‘lmaydi.

____________________

(أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَاۤءِ مَاۤءࣰ فَسَالَتۡ أَوۡدِیَةُۢ بِقَدَرِهَا فَٱحۡتَمَلَ ٱلسَّیۡلُ زَبَدࣰا رَّابِیࣰاۖ وَمِمَّا یُوقِدُونَ عَلَیۡهِ فِی ٱلنَّارِ ٱبۡتِغَاۤءَ حِلۡیَةٍ أَوۡ مَتَـٰعࣲ زَبَدࣱ مِّثۡلُهُۥۚ كَذَ ٰ⁠لِكَ یَضۡرِبُ ٱللَّهُ ٱلۡحَقَّ وَٱلۡبَـٰطِلَۚ فَأَمَّا ٱلزَّبَدُ فَیَذۡهَبُ جُفَاۤءࣰۖ وَأَمَّا مَا یَنفَعُ ٱلنَّاسَ فَیَمۡكُثُ فِی ٱلۡأَرۡضِۚ كَذَ ٰ⁠لِكَ یَضۡرِبُ ٱللَّهُ ٱلۡأَمۡثَالَ)
[سورة الرعد 17]
«U zot osmondan suv tushirdi. So‘ngra vodiylarda o‘z miqdoricha sel oqdi. Bas, sel o‘z ustiga chiqqan ko‘pikni ko‘tarib keldi. Va zeb-ziynat, asbob-uskuna yasash maqsadida o‘tda toblanadigan narsalarda ham shunga o‘xshash ko‘pik bo‘ladir. Alloh haq va botilga mana shunday zarbulmasal keltirur. Ammo ko‘pik o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketdi. Odamlarga manfaat beradigan narsa esa, yer yuzida qoldi. Alloh misollarni ana shunday keltiradir». [Ra'd: 17]

Barcha toifalarning porlagan zamoni bo‘lgan, natijada suv ustida turib qolgan ko‘pikdek yo‘q bo‘lib ketgandirlar. Ammo, haq esa qiyomatgacha BOQIYDIR. Alhamdulillah.
________________________

• “Allohim! Barchamizga to‘g‘ri-yo‘lni ko‘rsatgin va unga ergashishni nasib qilgin. Barchamizga botilni botilligini bildirgin va undan chetlanishimizni nasib qilgin”.

• اللهم أرنا الحق حقاً وارزقنا اتباعه، وأرنا الباطل باطلاً وارزقنا اجتنابه.

Jahongirxon domla Abrorov manbalar asosida


Kiritilgan vaqti: 18/10/2021 17:01;   Ko‘rilganligi: 617
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/haqiqatlar
Chop etilgan vaqti: 26/04/2024 16:18
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing