O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

FRIQALANISHNING HAROMLIGI

 
 

O‘tgan samoviy dinlarga e'tiqod qiluvchi din vakillari orasida firqaga bo‘linishlar bo‘lgan.Shuningdek, eng so‘nggi din bo‘lgan muqaddas islom diniga e'tiqod qiluvchi mo‘min-musulmonlar orasida ham firqalarga bo‘linishlik, bir-birlaridan ajralib chiqishliklar bo‘ldi va hali hanuz davom etib kelmoqda. Aslida tafriqaga ajralishlik Allohning hohish irodasiga, uning Rasulining hohishiga qarshi bo‘lishlik nuqtai nazaridan harom hisoblanadi. Va sunnatga va jamoatga ergashamiz nodir va xilof narsalardan va tafriqadan chetda bo‘lamiz.

«Sunnat»dan murod Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning va roshid xalifalarining yo‘llari. «Jamoat»dan murod musulmonlar jamoasi. Ular sahobalar va qiyomat kunigacha ularga ergashganlar. Ularga ergashish hidoyatdir. Ularga xilof qilish zalolatdir. Bas, shundoq ekan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yo‘llariga, sahobalarning va ularga yaxshilik ila tobe' bo‘lganlarning yo‘llariga ergashamiz. Nodir va xilof narsalarga ergashishdan saqlanamiz. Shuningdek, xilofdan saqlanamiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, sahoba va tobe'inlarning yo‘lidan yurgan musulmonlar jamoasidan ajrashdan saqlanamiz.
«Ahli sunna va jamoa» tushunchasi shudir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, sahobalar va tobe'inlar aqiydalariga, amallariga va axloqlariga xilof qilganlar Ahli sunnat va jamoatdan emaslar.

Agar Allohga muhabbat qilar bo‘lsangiz, bas menga ergashing, Alloh sizga muhabbat qilur va gunohlaringizni mag‘firat qilur. Alloh o‘ta mag‘firatli, o‘ta rahmli zotdir». (Ol-i Imron surasi, 31).Hozirgi zamonda o‘zlarini ahli sunna val jamoaga ergashuvchi, salafi solixlarga ergashuvchilar, deya soxta salafiylikka asos solayotgan toifalar yuqorida Alloh taolo Payg‘ambarimiz sollollohu alayhi vasallamning muborak tillaridan nozil qilgan oyati karimasiga binoan ul zotga ergashayotgan musulmonlar jamoasini adashganlikda ayblashib, faqatgina o‘zlarini xaqiqiy musulmonlar jamoasi deb bong urayotganlarning bugungi kundagi qilmishlaridan butundunyo xabardor desak xato bo‘lmaydi.

Agar siz iymon keltirgan narsaga iymon keltirsalar, batahqiq, hidoyat topibdilar. Agar yuz o‘girsalar, ular xilofdan boshqa narsada emaslar». (Baqara surasi, 138).Aynan mana shu oyati karimada zikr qilinayotgan janobi Payg‘ambarimiz iymon keltirgan narsaga iymon keltirishgan bo‘lsalarda,o‘zlari iymon keltirgan narsalaridagi, hukmlarga xilof ish qilayotgan bugungi kun oqimlari, hamda har-xil toifalar nima sababdan kishilar mo‘min-musulmonlar orasida har-xil firqalarga bo‘linishliiklariga sabab bo‘lishayotganliklarini qanday izohlash mumkin? Yagona izoh shuki har bir firqa va oqim a'zolari faqatgina o‘zlarining yo‘llarini eng to‘g‘ri yo‘l deb hisoblashlaridir.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Ikki kitobning ahli dinlarida yetmish ikki millatga bo‘linib ketdilar. Albatta, mana bu ummat yetmish uchta millatga (firqaga) bo‘linib ketadi. Faqat bittasidan boshqasi, hammasi do‘zaxdadir. O‘sha bittasi, jamoatdir». Yana bir rivoyatda «odamlar u bittasi qaysi? Ey Allohning Rasuli?!»-dedilar. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Men va sahobalarim tutgan narsa»-dedilar. (Sahih hadislar silsilasi 203/204).

Alloh taolo yurtimiz mo‘min-musulmonlarini tafriqaga bo‘linishlikdan, hamda tafriqaga bo‘linganlarga ergashishlikdan o‘zi omonda saqlasin.

Abrorov Jahongirxon manbalvr asosida


Kiritilgan vaqti: 25/11/2021 05:53;   Ko‘rilganligi: 861
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/friqalanishning-haromligi
Chop etilgan vaqti: 10/10/2025 22:19
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing