O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Fotihadan keyin "Omin" aytishning hukmi

Hanafiy va Molikiy mazhabida ominni mahfiy aytish sunnatligi aytilgan bo‘lsa, Shofe'iy va Hanbaliy mazhablarida jahriy aytish sunnatligi aytilgan Shofe'iy va Hanbaliy mazhab ulamolari quyidagi hadislarni hujjat qilib keltirishadi. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qachon imom omin desa sizlar ham omin denglar chunki kimning so‘zi farishtalar bilan muvofiq kelib qolsa uning o‘tgan gunohlari maxfirat qilinadi”, dedilar. (Imom Buxoriy rivoyatlari).

Ominni ovoz chiqarmasdan aytish sunnat degan Hanafiy va Molikiy ulamolari bu hadisga quyidagicha javob berganlar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qachon imom omin desa sizlar ham omin denglar, degan gaplarida ochiq oydin ominni ovoz chiqarib aytishga dalolat yuq. Ulamolar Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ushbu hadisdagi qachon imom omin desa, sizlar ham omin denglar degan so‘zlarini majozga haml qilinadi. Yani imom omin deyishni iroda qiladigan o‘rinda omin denglar degan ma'no tushiniladi. Ominni mahfiy aytish sunnatligiga sahobai kiromlarning so‘zlari va amallari ham dalil bo‘ladi Abu Voil roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi u zot aytadilar Ali va Ibn Mas'ud roziyallohu anhumolar (nomoz ichidagi) Bismillahir Rohmanir Rohimni ham A'uuzuni ham ominni ham ovoz chiqarib aytmas edi boshqa bir rivoyatda hazrati Umar roziyallohu anhuning ham ominni ichlarida aytib nomoz o‘qiganlari takidlanadi. Ulamolarimiz ominni mahfiy aytish sunnat ekaniga aqliy dalillar ham keltirishgan.

Omin lafzi duodir uning ma'nosi ijobat qil yani duoni qabul qil demakdir. Alloh taolo Kur'oni karimda shunday marhamat qiladi Robbingizga zorlanib va hufyona (ovozsiz) duo qilingiz! Zero U haddan oshuvchilarni yoqtirmagay (A'rof surasi 55-oyat) Hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu haqida shunday dedilar: Ichida qilingan duo jahriy qilingan duoning yetmishtasiga teng keladi (Imom Abu Shayx rivoyati).

Umarov Shohimardon Kattaqurg‘on tumani “Xalfa Xudayberdi”jome masjidi Imom-xatibi 

Kiritilgan vaqti: 03/02/2024 11:59;   Ko‘rilganligi: 779
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/fotihadankeyin-ominaytishninghukmi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 08:03
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing