O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Firqa deganda nima tushuniladi? Islomda dastlab qanday firqa paydo bo‘lgan?

 
 

“Firqa” so‘zi ma'lum bir toifaga nisbatan ishlatiladi. Boshqa dinlarda bo‘lgani kabi musulmonlar ichida ham firqalar bor. Payg‘ambar alayhis-salom aytganlaridek, Islom dinida 73 ta firqaga bo‘linish yuz beradi. Ularning bittasigina to‘g‘ri yo‘lda qolganlari esa, zalolatda hisoblanadi. Qur'on oyatlari va hadislar firqalarga bo‘lnmaslikka buyuradi.

Islomda dastlab paydo bo‘lgan firqa xorijiylardir.  Xorijiylar islomdagi ilk dini-siyosiy oqim hisoblanib, xalifa Ali ibn Abu Tolib va Muoviya tarafdorlari bilan xalifalikda  hukumronlik uchun kurash ketayotgan bir davrda vujudga keldi. Ular xalifa diniy jamoa tomonidan saylanadi  va unga bo‘ysunadi; har qanday taqvodor musulmon (xatto, qul yoki habash bo‘lsa ham) xalifa bo‘lib saylanishi munkin; agar xalifa jamoa va xatto, qatl qilinadi; e'tiqod amaliy faoliyat bilan mustahkamlanishi lozim deb hisoblashgan. E'tiqodsiz va gunohkor kishilarni jazolashda murjiiylar (jazo muddatini kechiktirishni istovchilar) tarafdorlariga qarshi turganlar.

VIII asr ikkinchi yarmiga kelib bu oqim o‘z rahbarlari nomi bilan ataluvchi Azraqiy, Ibodiy, Sufuriy kabi guruhlarga bo‘linib ketdi. Olimlarning fikricha,ichki bo‘linishi hamda ummaviy va abbosiy xalifalar tomonidan VII-IX asrlarda kesein qarshi olib borilgan kurash natijasida xorijiylar katta qismi qirib tashlandi. 

Z.Eshonqulov - O‘MI Samarqand viloyat bosh imom-xatibi (manbalar asosida tayorladi)


Kiritilgan vaqti: 04/07/2020 11:09;   Ko‘rilganligi: 2909
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/firqa-deganda-nima-tushuniladi-islomda-dastlab-qanday-firqa-paydo-bolgan
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 22:05
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing