O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Firibgarlik og‘ir jinoyatlarning biridir

 
 

 Halollik azal-azaldan rostguy, sofdil va insonparvar xalqimizga qon-qoniga singib ketgan va shu umumbashariy qadriyatlar asosida farzandlarini kamol topishi uchun doimo harakat qilib kelayotgan xalqimizga tashakkur izhor qilamiz.

Ming afsuslar bo‘lsinki bugungi XI-asrda firibgarlik balosi oldin o‘tgan asrlarga nisbatan tobora kuchayib sodda va sofdil xalqimizni qaqshatmokda. Firibgarlik nima va islom dinining firibgarlikka munosabati qanday?- shu yerda bu mavzuga alohida to‘xtalib o‘tamiz.

Ulamolar firibgarlikka shunday ta'rif beradilar: “Bir kishi boshqa bir insonni o‘z nafsi yo‘lida aldov va pand berish yo‘li bilan moli va amaliga xiyonat qilishidir” deganlar. Alloh taboraka va taolo Nahl surasining 105-oyatida shunday marhamat qiladi: “Yolg‘on so‘zlarni ham faqat Allohning oyatlariga iymon keltirmaydigan kimsalargina to‘qirlar. Ana o‘shalar yolg‘onchidirlar”.

Ushbu oyatdan xulosa shuki, firibgarlik yolg‘on ustida qurilgan bino va bu binoni Alloh taolo naqadar yomon ko‘rishi oydinlashadi. Hatto firibgarlik iymondan ham ayirib yuboradi. Ulug‘ tobeinlardan bo‘lgan Safvon ibn Sulaym roziyallohu anhudan rivoyat kilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga:

“Mo‘min qo‘rqoq bo‘ladimi?” deyildi.

“Ha”, dedilar.

“Mo‘min baxil bo‘ladimi?” deyildi.

“Ha”, dedilar.

“Mo‘min yolg‘onchi bo‘ladimi?” deyildi.

“Yo‘q”, dedilar”.

Molik rivoyat qilgan.

 Ushbu hadisi sharifdan ham ko‘rinib turibdiki mo‘min kishi yolg‘onchi, firibgar bo‘lmas ekan. Agar bizda yolg‘on gapirish yohud firibgarlikka dalolat qiluvchi biror amal bor bo‘lsa darhol o‘zimizni isloo‘ qilishimiz lozim. Albatta, Alloh taolo tavbalarni qabul qiluvchi, kechiruvchi rohiym zotdir. Hazrat Alisher Navoiy yolg‘on haqida shunday deydilar:

“Harkimki so‘zi yolg‘on, yolg‘oni zohir bo‘lgach o‘zi uyalg‘on. Yolg‘onni chindek aytguchi suxanvor- kumushni oltin qiluvchi ro‘kash zargor”.

Firibgarlik nafaqat dinda qoralanadi balki dunyoviy jihatdan ham juda og‘ir jinoyatdir. Xususan, firibgarlik uchun O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 168-moddasi mavjud. Ushbu moddada firibgarlikka qarshi yanada jiddiy va kengaytirilgan jazo choralari ko‘rilgan. Unga ko‘ra eng kam ish haqqining 30 barobaridan 400 barobarigacha yoxud 2-3 yildan 5 yilgacha axloq tuzatish kaloniyalarida yoki 8 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayin qilingan. Firibgarlikning bu dunyodagi jazosi shu, biroq, oxiratdachi? Bir tafakkur qilib ko‘raylik aziz birodarlar!

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz kerakki, firibgarlikning tub zamirida har doim hirs, nafs, ochko‘zlik va o‘zganing haqqidan qo‘rqmaslik kabi zalolatga boshlovchi illatlar yotibdi. Birovning haqqii hech qachon birovga yuqmaydi. Chunki, bu Allohning va'dasi bandalariga bergan va'asi bu! Alloh taolo bizni shunday illatlardan saqlanishimizni nasib qilsin va sirotol mustaqiymdan adashtirmasin. Assalamu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Husan Mirzaahmedov - Samarqand shahar “Namozgoh” jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 07/08/2020 15:17;   Ko‘rilganligi: 812
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/firibgarlik-ogir-jinoyatlarning-biridir
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 23:52
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing