FIRIBGARLIK — OG‘IR JINOYAT
Keyingi vaqtlarda jamiyatimizda uzgalarning molini nohaq yullar bilan uzlashtirish, xususan firibgarlik jinoyati tez-tez sodir bulib turmoqda. Ajdodlari dinu-diyonat, axloqu-odob, or-nomus, halolu-poklikka odatlangan uzbek xalqining avlodlaridan mazkur jinoyatga qul urayotganlarning uchrashi achinarli holdir. Holbuki, dinimizda birovning molini aldov, firibgarlik, chuv tushirish yuli bilan uzlashtirishdan qattiq qaytarilgan. Qur’oni karimda bu haqda shunday bayon etilgan:
“Mol (va boylik) laringizni o‘rtalaringizda botil (yullar) bilan yemangiz! Shuningdek, bila turib, odamlarning haqlaridan bir qismini gunoh yuli bilan yeyish (uzlashtirish) maqsadida uni hokimlarga havola etmangiz!” (Baqarasurasi, 188-oyat).
Firibgarlik jinoyati molni botil yul bilan yeyishning bir ko‘rinishi bo‘lib, bunday yo‘l bilan topilgan mol otashi duzaxning bir bo‘lagi hisoblanadi. Bu haqda Paygambarimiz (s.a.v.) quyidagicha marhamat qiladilar:
Payg‘ambar (s.a.v.)ning ayollari bo‘lmish Ummu Salama (r.a.) rivoyat qilib aytadilar, Rasululloh s.a.v. hujralarining oldida janjal ovozini eshitib, tashqariga chiqdilar va dedilar: “Men ham bir insonman. Mening huzurimda haq talashib, da'vo bilan kelib turasizlar. Balki biringiz boshqangizdan so‘zga chechanroq bo‘lib chiqarsiz va men uni rost gapiryapti, deb shunga qarab hukm chiqaraman. Lekin bilib quyingki, men kimga biror musulmonning haqqini olib bergan bo‘lsam, o‘sha narsa do‘zaxning bir cho‘g‘idir. Xohlagan uni olsin, xohlamagan olmasin” (Imom Buxoriy rivoyti).
Sir emaski, keyingi vaqtlarda ba'zi kishilar odamlardan qarzga yoki sherikchilikka, deb pul olib, oxir-oqibat uni qaytarmay o‘rtada nizo chiqishi, yaqin kishilar bir-biri bilan yuz ko‘rmas bo‘lib ketishi holatlari kuzatilmoqda. Albatta, zarurat uchun qarz olish yoki sherikchilik bilan shug‘ullanish joiz. Biroq, olgan qarzni paysalga solmay qaytarish, sherikchilikda esa xiyonat qilmaslik lozim. Aks holda boshlangan ishlar ortga ketib, kasotga uchrashi tayin. Paygambarimiz (s.a.v.) shunday marhamat qilganlar:
Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilinadiki, Paygambar (s.a.v.) dedilar: “Kim odamlarning molini qaytarib berish maqsadida olsa, Alloh taolo unga yordamchi bo‘ladi. Kim odamlarning moliga talofat yetkazish (chuvtushirish) uchun olsa, Alloh taolo uning o‘ziga talofat yetkazadi” (Imom Buxoriy rivoyati).
Ayniqsa, savdo-sotiq vaqtida haridorga firib berish, masalan, aybli molni aybini yashirib sotish yoki soxta molni asl mol deb sotish eng og‘ir gunohdir. Quyidagi hadislar bunga ochiq dalil buladi:
Rasululloh (s.a.v.) don sotayotgan odamning yonidan o‘tib qolibdilar. Uning doni orasida qo‘l tiqib ko‘rsalar, namlanib qolgan ekan. “Bu nima?!” deb so‘radilar. Sotuvchi: “Ey Rasullalloh! Unga yomg‘ir tegibdi”, dedi. Shunda Rasullulloh (s.a.v.): “Uni ustiga qo‘ymaysanmi, odamlar ko‘rar edi” dedilar va “Kimki aldasa, mendan emas!”, dedilar (Imom Musim rivoyati).
Hadisdagi “g‘ash” lug‘atda “aldamoq, firib bermoq, sohtalashtirmoq” ma'nolarida keladi. Demak, umumiy ma'noda aldov, firibgarlik, biror narsani sohtalashtirishlik musulmonning ishi emas ekan. Yana bir hadisda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deganlar:
Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar, Rasululloh (s.a.v.) dedilar: “Tuya va sovliqlaringizni (ser sut qilib ko‘rsatish maqsadida) ataylab sog‘may qo‘ymangizlar! Kimki (bilmay) shunday hayvonni sotib olgan bo‘lsa, uning ixtiyorida ikki yul bordir, biri – uni o‘zida olib qolmoqlik, ikkinchisi uni egasiga qaytarib bermoqlikdur. Agar qaytarib beradigan bo‘lsa (bir-ikki kun soqqani uchun) bir so' xurmo qo‘shib bersin!” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati). Demak, sog‘in sigir va quylarni sotishda hadisda bayon etilganidek, firibgarlik usullarini qo‘llash ham joiz emas. Bizning hanafiy mazhabimizda: bordi-yu molni qaytarib beriladigan bo‘lsa, unga xurmo qo‘shib berilmaydi, deyilgan.
Raxmonov Abduqayum,
Urgut tuman Abduqahhor jome masjidi imom-xatibi
Kiritilgan vaqti: 05/08/2020 12:10; Ko‘rilganligi: 1317
Chop etilgan vaqti: 05/10/2024 01:41