O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Farzand tarbiyasida onaning xizmatlari kattadir

 
 

Ayolning jamiyatda, xususan oiladagi o‘rinlaridan biri farzand tarbiyasiga alohida etibor qaratish, unga mehribonlik ko‘rsatib, turli aziyat beradigan narsalardan saqlagan holda vaqtida oziqlantirib, yuvib-tarab, toza kiyintirib, betoblanib qolishiga yo‘l qo‘ymay doimo hushyor va undan xabardor bo‘lishidir.

Farzand tarbiyasida onaning xizmatlari kattadir. Ota-onalar murg‘ak chaqaloqlarni erkalab, ardoqlab o‘stirar ekanlar, faqat ularning jismoniy sog‘lig‘i, moddiy ta'minoti to‘g‘risida emas, balki ularning ma'naviy boyliklarini, insoniy fazilatlarini barkamol kilish to‘g‘risida ham kayg‘urib borishlari kerak bo‘ladi. Bir ota-ona o‘z farzandiga mukammal odobdan ko‘ra yaxshiroq narsani berolmaydi Buning uchun ularni yoshlik chog‘laridan boshlab ilm-ma'rifatga qiziqtirib, o‘rgatib borishiga tug‘ri keladi.

Allox taolo Qur'oni karimda “Ayting: Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo‘lurmi!” deb ilm fanga targ‘ib qiladi (Zumar surasi, 9-oyat).

Islom dini kishilik jamiyatida o‘z o‘rnini topib, uning dunyoviy va diniy hayotida amaliy suratda tadbiqini topgan ilk saodat asridan boshlab bolalar tarbiyasiga katta ahamiyat berib keladi. Bu ta'limot va uning yo‘l-yo‘riqlari jamiyat asosining poydevori, ummat istiqboli bo‘lgan yoshlarning har tomonlama komil inson bo‘lib yetishishlarini talab qiladi.

Rasulloh (sallallohu alayhi vsallam) muborak hadisi shariflarida ota–onalarni yosh bolalarga mehribonlik va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, to‘g‘ri aqida va sog‘lom tarbiya asosida voyaga yetkazishga undaganlar “Farzandlaringizdan shar'an buyurilgan ishlarni qilishni va qaytarilgan narsalardan saqlanishni talab etinglar, shu ishlaring ularni duzaxdan saqlaganlaring bo‘ladi” (Ibn Jarir rivoyati).

Kengrok mushohada yuritadigan bo‘lsak, yosh avlodni yuksak insoniy fazilatlar sohibi qilib tarbiyalash nafaqat jamiyat, balki har bir oila va har bir ota-onaning ham asosiy vazifasidir. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ning yana bir hadisi sharifda marhamat qiladi: ” Kishining o‘z farzandini chiroyli odob–axloq bilan tarbiyalashi ko‘p miqdordagi nafl sadaqasidan yaxshiroqdir” deganlari har bir ota-onaning farzandiga yaxshi tarbiya va odob berishining qadr–qimmatini yanada oshiradi.

Ota o‘g‘il bolaga, ona esa kiz bolaga hamdard va ham fikr bo‘lishi, balog‘at yoshiga yetgunga qadar o‘z hayoti bilan bog‘lik ayni vaqtda uyalib suray olmagan ayrim fiqhiy masalalarni darhol tushintirishi tug‘ri tarbiyaning debochasidir.

M.Choriyeva-Pastdarg‘om tuman bosh otinoyisi


Kiritilgan vaqti: 04/06/2021 17:50;   Ko‘rilganligi: 526
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/farzand-tarbiyasida-onaning-xizmatlari-kattadir
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 04:18
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing