O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Buyuk fath avvalidagi sinov

 
 

Fotih Sulton Mehmet Konstantinopol (Istanbul)ni fath etish rejalarini tuzardi. Hali 21 yoshda bo‘lgan navqiron sulton Istanbul fathiga kirishishdan oldin o‘z xalqini imtihon qilib ko‘rmoqchi bo‘ldi. Tongning ilk soatlarida qiyofasini o‘zgartirib, o‘sha vaqtlardagi Usmoniylar saltanatining bosh shahri bo‘lgan Edirnedagi bozorga bordi. Bozorning bir tarafidan kirib xarid qilishga kirishdi.

Birinchi do‘konga kirib, bir narsa xarid qildi. Ikkinchi narsani olmoqchi bo‘lganida sotuvchi ko‘nmadi. Sulton ham o‘z o‘rnida mol bo‘la turib nima sababdan bermayotgani haqida so‘radi. Sotuvchi: «Men senga bu narsani sotib bayʼ ochdim, ikkinchi oladigan narsangni qarshimdagi do‘kondan ol, chunki u hali savdo qilgani yo‘q», deb javob qaytardi.

Fotih bu holdan mamnun bo‘lgancha ikkinchi do‘konga kirdi. U yerdan bir mol olgach, ikkinchisini so‘rasa, u ham bermay qo‘shni do‘konga yubordi. Shu yo‘sinda sulton Mehmet butun bozorni kezib chiqdi va har kirgan do‘konida avvalgidek muomalaga guvoh bo‘ldi. Olgan narsalarini madrasadagi tolibi ilmlarga yubordi.

Sulton saroyga qaytarkan, Allohga shukur sajdasi qilib, bunday dedi: «Ey Robbim, senga hamdlar bo‘lsin. Menga shunday bir-birini o‘ylaydigan millat ehson etding. Men bu millat bilan nafaqat Vizantiyani, balki dunyoni fath etaman», dedi va Konstantinopolni fath etish rejalarini tuzishga kirishdi.

51 kun davom etgan qamal bilan Vizantiya taslim bo‘ldi. Istanbul fath etilganidan so‘ng poytaxt Edirnadan Istanbulga ko‘chirildi.

Turkchadan Amirov To‘lqin tarjima qiladi


Kiritilgan vaqti: 06/12/2021 10:52;   Ko‘rilganligi: 873
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/buyuk-fath-avvalidagi-sinov
Chop etilgan vaqti: 11/10/2025 01:29
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing