O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Buyuk bobolarimiz ibrati haqida

 
 

Har bir davlatning o‘z tarixi bor. Har bir davlat tarixda o‘tgan olimlari bilan, vatanparvar ajdodlari bilan, unitilmas kunlari bilan faxrlanib yashaydi va yoshlarga ibrat qilib ko‘rsatadi.

Alhamdulillah, bizning yurtimizda ham vatanimizni dunyoga tanitgan, qolaversa dunyo tarixida o‘chmas iz qoldirgan yetuk allomalarimiz, bobokolonlarimiz nomi abadiy barhayotdir. Ularning qoldirgan boy meroslaridan dunyo ahli hozirgacha foydalanib kelmoqda va inshaalloh qiyomatgacha ham foydalanishadi. Buyuk bobolarimizning ibrati ilmu fan bilan bog‘liqligi bizlarning kimning farzandlari ekanligimizni yaqqol bildirib turadi.

Bugun men sizlarga imom Buxoriy hazratlarining, tarix lol qolgan ibratlaridan misollar keltiraman. Bu ibrat bugungi ba'zi bir adashgan, aqidasi buzilgan, vatanga tuhmat toshini otayotgan yoshlarimizga juda katta dars bo‘ladi degan umiddaman. Muhaddislar sultoni, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil rohmatullohi alayhi Rasululloh   sollallohu alayhi vasallamning hadislarini sahihlarga  ajratib, Qur'oni karimdan keyingi ikkinchi kitob sanalmish “Sahihi Buxoriy” nomli hadislar to‘plamini tuzgan ulug‘ alloma, imomud – dunyo olimlar peshvosining nomi butun dunyoda mashxur va ma'lumdir. Xazrat ilm cho‘qqisida  maqsadiga erishgach vatanni qo‘msab Buxoroga qaytishini ma'lum qiladi. Atrofidagi barcha olimlar, ustozlar, shogirdlar qolaversa arabu-ajam yig‘ilab bu fikriga narozi bo‘lishib bobomizni arabistonda qolishini so‘raydilar. Ammo, vatan sog‘inchi bobomizni o‘z fikrida qolib Buxoroga qaytishni undaydi. Taniqli islom shoirimiz Boqoniyning “Buxoriy bobom” she'ridan quyidagi misralarini keltiramiz

                         Qoling deb yig‘ladi ajamu-arab

                         Bobom yo‘l oldilar vatanga qarab

                         Ona yurt shuncha ham azizmi yo Rab

                         Buxoroga qaytdi Buxoriy bobom

Bu voqea tarix zar varaqlaridan vatanni sevish borasida dunyoni larzaga keltirgan voqea sifatida joy olgan. Azizlarim, buyuk bobolarimiz hayotidan ibrat olib yashasak hech qachon kam bo‘lmaymiz va doimo adashmasdan yuramiz. Bobokolonlarimizning bizga qoldirgan ibratli xayoti hammamiz uchun katta bir maktabdir. Faqat biz yoshlarimizga bu ibratni o‘z vaqtida yetkazib, ularning tarbiyasiga jiddiy yondasha bilishimiz zarur.

Ashraf Toshmurodov - Bulung‘ur tumani “Poyga tepa”  jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 01/07/2020 14:35;   Ko‘rilganligi: 82
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/buyuk-bobolarimiz-ibrati-haqida
Chop etilgan vaqti: 12/08/2020 03:21
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing