BUGUN UCHUN NIMA TAYYORLADING?
Yazib ibn Horundan:
“Abu Bakr roziyallohu anhu bir xutbalarida bunday dedilar:
– Qiyomat kuni Alloh dunyoda unga yaxshilik, mo‘l rizq, sog‘lom va sihatli vujud bergan bo‘lsa ham, bu ne'matlarga nonko‘rlik qilgan banda Allohning huzuriga keltiriladi va unga:
- Bugun uchun nima tayyorlading? - deb so‘raladi.
U banda hech qanday tayyorgarligi bo‘lmagani uchun yig‘lay boshlaydi.
Shunaqa yig‘laydiki, ko‘zlarida yosh qolmaydi.
So‘ngra yana dakki yeydi. Bu safar qon yig‘laydi.
So‘ngra yana bir bor dakki yeydi. Bu safar tirsaklarigacha qo‘llarini yeya boshlaydi.
So‘ngra yana dakki yeydi, bu safar shunaqa baland ovozda yig‘laydiki, ikki ko‘zi chiqib yuziga osilib qoldi.
So‘ngra yana bir marta dakki yeydi, shunda:
- Ey Rabbim! Meni jahannamga yubor va bu ahvoldan qutqar, - deydi.
Alloh taoloning:
"Kim Alloh va Rasuli belgilagan haddan tajovuz etsa, uning uchun mangu jahannam olovi bo‘lishini bilmaganmidilar?! Bu ulkan sharmisorlik-ku!"
(Tavba surasi, 63-oyat)
oyati karimasi buning tasdig‘idir”.
“Al-Kanz, 1-jild, 246-bet; Abu Shayxdan".
Ozod domla Nazarov Pastdarg‘om tumani bosh imom xatibi
Kiritilgan vaqti: 29/09/2023 16:41; Ko‘rilganligi: 556
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 19:43