O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Bizning maqsadimiz hayotiy me'yorlarga amal qilgan holda, asrlar davomida asrab kelayotgan qadriyatlarimizga amal qilishdir

 
 

Inson ongiga uning nafaqat kiyinishi o‘z ta'sirini ko‘rsatadi, balki atrof-muhit, zamonaviy texnologiya davridagi rang-barang behayo ko‘rsatuvlar, yarim-yalang‘och qizlar vositasidagi reklama roliklari, vahshiy, jangari, ehtirosni qo‘zg‘ovchi tuturuqsiz filmlarda ham ayol bosh rol ijrochisi sifatida behayolikni yuqori cho‘qqiga olib chiqishiga zamin bo‘lmoqda.

Ayol kishini asosiy qurol sifatida buzuq va fohisha ishlarda foydalanilayotgani esa eng katta muammolardan biriga aylangan. Bunday urinishlar oqibatida ayolga bo‘lgan hurmatsizlik va unga bir buyumdek, erkaklarning ko‘ngilxushi sifatida qaralishiga bo‘lgan munosabatga olib keladi.

Asosiy obyekt sifatida erkaklarni sharm-hayosiz holda ko‘rsatilmaydi. Reklama roligining asosiy qurol vositasi sifatida, ochiq-sochiq ko‘rinishda ham chiqmaydilar. Erkak kishining mavqeini saqlanib qolishiga balki shu sababdir. G‘arb ayollarning yarim-yalang‘och yurishi doimiy va tabiiy holatga aylanib bo‘lgan hozirgi kunda zamonaviy moda allaqachon bizning dunyoimizga o‘z ta'sirini o‘tkazgan.

Jangari va vahshiy filmlar inson ruhiyatida vahshiylikni yuzaga keltiradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, insonda qo‘rquv hissini ortib ketishiga jangari va fantastik filmlar sabab bo‘layotgan ekan.

Inson qo‘rqqanda uning organizmida adrenalin moddasining miqdori oshib ketadi. Natijada insonning ruhiy me'yori buzilishiga olib keladi. Erkak va ayolni ruhiyatga kuchli ta'sir qiluvchi jangari tarzda ko‘rsatish mutlaqo mumkin bo‘lmagan holat. Vahshiy obrazni namoyon etuvchi filmlar zamirida kuchli obraz talqinida erkak kishini, ayolni esa zo‘ravonlik oqibatidagi salbiy ko‘rsatish oqibatida inson ruhiyatida qo‘rquv va nafratni yuzaga keltiradi.

Jamiyatning asosiy qismi bo‘lgan erkak va ayol madaniyati o‘rtasidagi munosabat salbiy tarzda ko‘rsatilishi bu mutlaqo noto‘g‘ri.

Bizning maqsadimiz esa, hayotiy me'yorlarga amal qilgan holda, asrlar davomida asrab kelayotgan qadriyatlarimizga amal qilish, yoshlarda mehr-oqibat tuyg‘ularini shakllantirish va o‘z milliy madaniyatimizni saqlab qolishdan iboratdir. Zamonaviy yuqori texnologiya davrida yashayotgan bo‘lsak-da, inson tafakkuri va ongini zaharlayotgan tashqi ta'sir omillariga berilmaslik, asrlar davomida ajdodlarimiz tomonidan asrab kelinayotgan qadriyatlarimizni qadrlash va islom dinimizni sof va musaffoligicha saqlashdir.

Temirov Hasan manbalar asosida


Kiritilgan vaqti: 17/06/2022 10:37;   Ko‘rilganligi: 683
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/bizning-maqsadimiz-hayotiy-meyorlarga-amal-qilgan-holda-asrlar-davomida-asrab-kelayotgan-qadriyatlarimizga-amal-qilishdir
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 19:39
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing