O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Barmoqlar bilan tasbeh aytishning foydalari Tibbiy va ruhiy muolaja

 
 

Qo‘l kaftida inson ichki a'zolari tizimi va barcha hujayralarga bog‘liq nuqtalar bor ekanini zamonaviy ilm kashf etdi. Buni yana shunday tushunsa bo‘ladiki, inson kaftlaridagi barmoqlari bilan tasbeh (subhanalloh), tahmiyd (alhamdulillah) va takbir (Allohu akbar) aytganda, aynan o‘sha nuqtalar, tugunlarga ta'sir qilar ekan.

Yana bu shuni anglatadiki, barmoqlar bilan tasbeh aytish orqali siz talqin, ya'ni, asta-sekinlik bilan Allohning ulug‘ligi, eng kattaligi, eng maqtovga loyiqligi kabilarni butun vujudingizning ichki tizimiga singdirar ekansiz.
(Yurak, buyraklar, jigar, o‘t qopi, oshqozonosti bezi, ko‘zlar, quloqlar va barcha asab hujayralari Allohga tasbeh aytadi va U zotning koinotda eng ulkan – Akbar Zot ekanini e'tirof etib, hamdu sanolar aytadi)
Undan tashqari, bu holatda siz jismingiz uchun massaj va revitalizatsiya (tibbiyot va kosmetlogiyada, keksayib borayotgan organizmni yoshartirishga da'vo qiluvchi metod, texnika) ishlarini ham amalga oshirasiz ekan.
Unutmaslik kerakki, qiyomat Kunida til, qo‘llar va oyoqlar bizga guvohlikka o‘tadi. Bu haqda Alloh taolo Nur surasining 24- oyatida aytadi: “U kunda tillari, qo‘llari va oyoqlari qilib yurgan amallari haqida ularga qarshi guvohlik berur”.
Psixolog shifokor, psixologiya kafedrasi mudiri, professor Muhammad Hofiz Atroniy shunday deydi: “Tasbeh aytgan ruhiy qaramlikka uchramaydi, qaramlikka uchraganni muolajasi esa tasbeh aytishdir. Allohni zikr qilish inson miyasidagi asab to‘lqinlarini tartibga soladi va turli tinchlantiruvchi vositalarsiz psixologik muvozanat holatiga keltiradi.
Giyohvand vositalariga qaramlikni davolash va oldini olish uchun kuniga ikki tasbeh seansi muolajasi yetarli. Dori terapiyasi giyohvandlikka olib keladi va tasbih esa samarali alternativ hisoblanadi”.
Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tavsiyalariga quloq tutamiz: Yusayra roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam ularni (ayollarni) takbir, taqdis va tahlilga rioya qilishga va ularni barmoq uchi ila sanashga amr qildilar. Chunki ulardan so‘ralur va nutq qilish talab qilinur». «Sunan» egalari rivoyat qilgan.

Alloh taolo sizu bizni tasbeh aytuvchi, hamd aytuvchi va Allohni ko‘p zikr etuvchi bandalaridan qilsin!

Abrorov Jahongirxon manbalar asosida


Kiritilgan vaqti: 18/06/2022 08:01;   Ko‘rilganligi: 6586
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/barmoqlar-bilan-tasbeh-aytishning-foydalari-tibbiy-va-ruhiy-muolaja
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 07:39
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing