Ayollar ruju' qo‘ygan bid'at-xurofotlar
Folbinlik – g‘aybni bilish da'vosidagi kimsalarning mashg‘uloti. Kohinlik, arroflik kabi nomlari mavjud.
Kohinlik – kelajakda bo‘ladigan narsalar haqida xabar beraman deydi, unga bu xabarlarni jinlar yetkazishini da'vo qiladi.
A'rroflik – turli ishlarning boshlanish sabablari hamda o‘g‘irlangan narsalarni, uni kim o‘g‘irlaganini yoki qayerda ekanini bilishini da'vo qiluvchi kishi.
Azayimxonlik – bunda dam soluvchi odam jinlardan madad so‘rab duo o‘qiydi.
Avfok – bu maxsus geometrik shakllar ichiga yozilgan raqam va yozuvlar. Bunda shakllarni biror vaqtga yozib o‘zi bilan olib yursa, baxt keltiradi yoki omad uning ketidan quvib yuradi deb hisoblaydilar.
Munajjimlik – bunda, yulduzlarning joylashuviga qarab bo‘ladigan hodisalarni bilishni da'vo qiladi. Hozirgi kunda gazeta-ro‘znomalarda chiqadigan “munajjimlar bashorati” ham shu turga kiradi.
Sehr – lug‘atda "sababi maxfiy bo‘lgan narsa" ma'nosini anglatadi. Sehrning quyidagi turlari mavjud:
Sha'vaza – bu fokus usulida chaqqon harakat bilan ko‘rsatish.
Nushra – bu jin tekkan kishining sehrgar yoki folbin huzuriga borib davolanishiga aytiladi. Bular ham jinlarning madadiga tayanadi.
Mushkul kushod – mushkullarni oson kilish maqsadida masalan, qizga sovchi kelmaganda, yigitga qiz topilmaganda, ishi yurishmaganda qilinadigan xurofot amal.
Bu xurofot "Bibichorshanba" va "Chiroq yoqdi" deb ham nomlanadi.
"Chiroq yoqdi"da aziz-avliyolar ruhini "chaqirish" uchun sham-chiroq yoki paxta yoqishadi.
Bibiseshenba – muhtaram zotlarning ruhidan madad so‘rash, hojatlarini tilash amali Yuqoridagi barcha bid'at-xurofotlar Islom aqidasiga ziddir va ulkan gunoh hisoblanadi.
“Kimda-kim folbin yoki sehrgar yoki kohinning oldiga borib, uning aytganlariga ishonsa, u Muhammadga nozil bo‘lgan narsaga kufr keltiribdi” (Imom Ahmad rivoyati).
"Allohni qo‘yib, qiyomat kunigacha ham mustajob qila olmaydiganlarga iltijo qiladigan kimsadan ko‘ra kim ham adashganroqdir?! Holbuki, ular o‘shalarning duolaridan g‘ofil, bexabardirlar" (Ahqof, 5).
Alloh to‘g‘ri yo‘lidan adashtirmasin!
Otabek Jumayev Samarqand shahar "Xo‘ja Nisbatdor" jome masjidi imom-noibi
Kiritilgan vaqti: 11/09/2023 16:39; Ko‘rilganligi: 709
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 10:44