O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Ayol – xalqimizning toji, borligimizning oynasi, millatimizning tarbiyachisidir.

 
 

Ayol – xalqimizning toji, borligimizning oynasi, millatimizning tarbiyachisidir. Chunki biz ayollar kelajagimiz nihollari unib o‘sishiga tarbiya topishiga sababchi bulamiz. Darhaqiqat dinimizda har insonning xoh erkak bulsin, xoh ayol bo‘lsin jamiyatimizda o‘ziga yarasha o‘rni va albatta hurmati bor.

Mukaddas qur'oni karimda 176-oyatli bir suraning nomi “Niso” yani “Ayollar”, deb nomlanishi yuzlab oyatlarda ayollarga oid hukmlarning bayon etilishi hadisi shariflarda ayollarga xos ko‘rsatmalar berilgani Islom dinida ayol kishining naqadar yuqori etiborga olinganidan dalolatdir. Ayollar islomda ona, opa-singil, jufti-halol va qiz sifatida hurmatlanadi. Paygambarimiz s.a.v. ayollarni kamsitishga, chek qo‘yish, va ularning jamiyatdagi o‘rnini anglatish uchun ummatlarga yetarlicha ko‘rsatmalar berganlar. U zot alayhissalom ayollar hakida shunday deganlar: “Albatta ayollar erkaklarning tug‘ishganlari.(Imom Abu Dovud rivoyati). Payg‘ambarimiz s.a.v. vidolashuv hajlarida, mashhur xutbasida ayollarga nisbatan yaxshi munosabatda bulishni qayta-qayta vasiyat kildilar.U zot alayhissalom birorta ayollariga qo‘l ko‘tarmadilar, ularga yaxshilik qilishda ummatga ibrat bo‘ldilar va shu ishga targ‘ib qildilar.  “Sizlarning yaxshilaringiz - oilasiga yaxshi bo‘lganidir. Men -ahli ayoliga eng yaxshingizman”, deb aytganlar. (Imom Termiziy rivoyati). Ayollar islomda ona sifatida yuksak etiborga loyiq topilgandir. Payg‘ambarimiz alayhissalomninng jufti halollari quroni karimda qiyomatgacha keladigan mo‘minlarning onasi deb elon qilindi. Alloh taoloning roziligi ota-onaning roziligida deyildi. Xatto hadisi shariflarda yaxshilik kilishni onadan boshlash tavsiya etilgan.

Islom dini ayollarning hurmat ehtiromini o‘z o‘rniga qo‘yib ayollik vazifalarini to‘liq ado etib jamiyatimizda, dinimizda yetarli xizmatlarini ado etishi uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan. Islom talimotida har bir ayol ilmli ma'rifatli va kasb-korli bulishga haqlidir. Ayol oilada tejamkor, mehribon umr yo‘ldosh, oqila ona bo‘lmog‘i lozimdir. Albatta farzandini tarbiyasini go‘zal qilib tarbiyalagan ayolni dinimiz maqtagan. Shu o‘rinda momolarimiz kimligini biryodga olsak Abu Ali ibn Sinoning onasi Sitorobonu, Mirza Ulug‘bekning onasi Gavharshohbegim, va Bahouddin Naqshband xazratlarining onasi Valiy Orifaxon ular utkir ilm soxibasi bo‘lganlar. 

Ayol bir qo‘lida beshik bir qo‘lida dunyoni tebratadi, deb bejiz aytilmagan.Tarixda yashab o‘tgan Xadija Amudiy bir ulug‘ kitobni kog‘ozga ko‘chirganda, bu kitob 10-mujalladdan iborat bo‘lgan, kitobga shu so‘zlarni yozgan ekan: “Agar bir so‘z tushib kolganini topsangiz meni mazur tutinglar, chunki uni bolam emizikli paytida yozganman”, deb aytgan. Yana bir ayol Maryam Abdulqodir mashhur «Sihohul Javhariy kitobini kog‘ozga kuchirgan. U olti mujalladdan iborat. Unda:“Kim men yozgan nusxadan xato topsa mazur tutishini surayman chunki o‘ng qo‘limda yozib, chap qo‘limda beshik tebratganman”, deb yozilgan. Albatta kelajagi buyuk, ertasi farovon bo‘lishini istagan xalq, millat davomchilarining qaysi soha vakili bo‘lmasin, ko‘ngli tinch hayoti farovon bo‘lishi uchun harakat qiladi va munosib turmush kechirishi uchun sharoit yaratadi. 

Luqmoni Hakim ug‘liga bunday degan: Soliha ayol xuddi podshohning boshidagi toj kabidir. Yomon ayol xuddi qari cholning orkasiga yuklangan og‘ir yuk kabidir. Alloh taolo barcha ayollarimizni soliha bo‘lishlarini nasib etsin!

 Sh.XAKIMOVA Okdaryo tuman bosh otinoyisi


Kiritilgan vaqti: 01/12/2022 12:50;   Ko‘rilganligi: 422
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/ayol-xalqimizning-toji-borligimizning-oynasi-millatimizning-tarbiyachisidir
Chop etilgan vaqti: 11/05/2024 07:25
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing