O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Ayol erkakga Allohning omonati etib berilgandir!

 
 

Ayol kishi ro‘zg‘origa xarajat  qilishga majbur emas. Bu to‘lig‘icha erning vazifasi . Er xotinning mulkiga daxl qilmasdan mahr beradi, to‘y qilad, uy – joy bilan ta'minlaydi, xotin bola – chaqasini parvarish qiladi. Bu xolat ayol uchun moliyaviy imtiyozdir. Agar hamroh bo‘ladigan mahrami bo‘lmasa , ayollarga haj farz bo‘lmaydi.

Islomda kim ayolga zino bilan to‘hmat qilsa, unga jazo tayinlanadi.

Islomda, agar er zulm qilsa, xotinga xulu'-taloq (ajrashish) ni talab qilishga ruxsat beriladi.

Paygambarimiz s.a.v. ayollarni kam sitishga chek qo‘yish va ularning jamiyatdagi o‘rnini anglatish uchun ummatlarga yetarlicha ko‘rsatmalar berganlar. U Zot alayxissalom yaratilish jihatidan erkak va ayolning asli birligi hakida shunday deydilar: «Albatta, ayollar – erkaklarning tug‘ishganlari» (Imom Abu Dovud rivoyatlari).

Afsuski , hozirgacha qiz farzand dunyoga kelsa, xafa bo‘lish, o‘g‘il tug‘mading, deb xotiniga zug‘um o‘tkazish hollari ko‘zatilmoqda.

Vaholanki, Payg‘ambarimiz s.a.v bizga qiz farzandlarni chiroyli ta'minotini qilish, tarbiyalab, turmushga o‘zatish jannatdagi oliy martabalarga sabab bo‘lishini o‘qtiradilar: «Kim ikki – uch qiz yoki singilni (g‘amxurlik qilib) tarbiyalasa va ular undan ajralsalar (ya'ni, turmushga chikib ketsalar) yoki o‘sha kishining o‘zi vafot etsa, men va u jannatda mana shunday bo‘lamiz (deb, o‘rta va ko‘rsatgich barmoqlariga ishora qildilar)» (Imom Ibin Moja rivoyatlari).

Ayollardagi jismoniy zaiflik qoralanmaydi. Chunki ular bunga aybdor emas. Qalblarining nozikligi, his- tuyg‘ularining kuchliligi esa, mo‘tadil bo‘lsa, maqtovga loyiqdir. Bu narsa ulardagi latofat va go‘zallikni ziyoda qiladi.

Payg‘ambarimiz s.a.v ayollardagi mana shu zaiflikni doim e'tiborga olar va ularni himoya qilishga haris edilar. Hatto vidolashuv hajlarida ayollarga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lishni qayta –qayta vasiyat qildilar. U Zot s.a.v birorta ayollariga qo‘l ko‘tarmadilar, ularga yaxshilik qilishda ummatga ibrat bo‘ldilar va shu ishga targ‘ib qildilar.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar:«Mo‘min kishi ayoliga nisbatan hurmatini kamaytirmasin.Zero, ayolidagi biror yoqtirmagan odati bo‘lsa, balki boshqa yaxshi odatlari ham bor bo‘lishi mumkin».

Nikoh o‘qilayotgan vaqtda er ayolini o‘z jufti etib qabul qilishi-ayolini hurmat qilish, yaxshi–yomon kunlarida yonida bo‘lishga va'da berganini anglatadi. Hurmat va ishonch bor bo‘lgan oilada, albatta, shodlik, kuvonch, yaxshi hamroh bo‘ladi. Yangi qurilayotgan oila manashu ikki fazilat poydevori asosiga qurilishi lozim. Shunda oila qo‘rg‘oni mustahkam bo‘lishiga hech kim shubha qilmaydi.

Agar insonlar o‘zlarining oralariga Alloh tomonidan muhabbat va rahim–shafqat solib qo‘yilganini tafakkur ila anglab yetganlarida, bir-birlarini yomon ko‘rmas, bir–biriga nisbatdan bunchalar shafqatsiz bo‘lmas edilar. Alloh taolo “Baqara” surasining 187-oyatida bunday marhamat qiladi:“ Ular (xotinlar) sizga libosdirlar, siz ularga libosdirsiz”.

Qur'oni karim er va xotinni bir-birlariga “ libos “deganidan keyin, ular ham bir–birini ziynatlab turishi lozim. Bu besh kunlik dunyoda “men sendan kam emasma”, degan yuzaki qarash bilan yashash insonni najotga olib bormaydi. Oilada er- xotin bir – birini hurmat qilsagina, kamchiliklarga ko‘z yumib, xatolarni  kechira oladilar va juftini axloqli bo‘lishi uchun bor imkonini ishga soladi.

Bir kishi Rasullulloh sallollohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: Insonlarning qaysi biri mening chiroyli muomilamga xaqliroqdir? dedi. Payg‘ambarimiz s.a.v “Onang”, dedilar. Keyin kim haqli? Payg‘ambarimiz s.a.v “Onang”, dedilar. Keyin kim haqli? Payg‘ambarimiz s.a.v” Onang”, dedilar. Keyin kim haqli? Payg‘ambarimiz s.a.v “Otang”, dedilar. Islom Onaga chiroyli muomilada, chiroyli ehtiromda bo‘lishga chaqiradi.

Abdulloh ibn Umar rivoyat qilgan hadisda: Bir kishi Rasululloh s.a.v ning huzuriga kelib, ey Allohning elchisi katta gunoh qilib qo‘ydim men uchun tavba bormi? Payg‘ambarimiz s.a.v onang bormi? dedilar. Yo‘q, dedi. Payg‘ambarimiz xolang bormi? dedilar, ha, dedi. Payg‘ambarimiz s.a.v. unda unga yaxshilik qil dedilar. Mana Islomda ayolni qadri! Ayolning qadri qanchalar ulug‘! Ibodatlar namoz, ro‘za, zakot, haj gunohlarga kafforat. Ona - ayolga yaxshilik qilish ham ibodat sanaladi va gunohlarni kechirilishiga sabab bo‘ladi. Zero, ayol erkakga Allohning omonati etib berilgandir!

M.Choriyeva – Pastdarg‘om tuman bosh otinoyisi


Kiritilgan vaqti: 26/11/2022 11:13;   Ko‘rilganligi: 730
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/ayol-erkakga-allohning-omonati-etib-berilgandir
Chop etilgan vaqti: 23/04/2024 21:13
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing