O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Asiyla Xuzoiyya

 
 

Bu sahobiya ayol Ayyub ibn Abdulloh ibn Zuhayril Asadiyyaning momosi bo‘lib, Fakihiy o‘zining “Makka kitobi”da uni keltirib o‘tgan, ya'ni, u haqda xabar bergan.

Bu xabar Ibn Ju rayjning ibn Abu Husayndan kelgan rivoyat yo‘li orqali yetib kelgan. Xabarda aytilishicha, Nabiy sollallohu alayhi va olihi va sallam Suhayl ibn Amrga shunday maktub yozganlar: “Agar senga mak tubim kechasi yetib borsa, tong otishini kutma, kunduzi yetib borsa, kun botishini kutib o‘tirma, menga ikki katta meshda zamzam suvidan jo‘na tib yubor”. Suhaylning aytishicha uning xotini bu ishda Ayyubning momosi Asiyla Xuzoiyadan yordam so‘raydi. Bu ikki ayol kechasi bilan quduqdan suv tortib, tong otmay turib ikki meshni to‘ldi rishadi. So‘ng o‘sha ikki meshni ikkita arqonga mahkam bog‘lab tayyorlab qo‘yishadi. Suhayl o‘sha kechasi ikki meshni tuyaga ortib, u zotga jo‘natadi. Bu xabarni Umar ibn Shabba xuddi shu tarzda kel tirgan (Al-Isoba, 221-bet).



"Sahobiya ayollar hayoti qomusi" kitobidan. Tarjimon Zayniddin Eshonqulov.


Kiritilgan vaqti: 09/10/2023 09:58;   Ko‘rilganligi: 646
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/asiyla-xuzoiyya
Chop etilgan vaqti: 10/10/2025 20:26
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing