O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

ALLOH TAOLO YAGONADIR!

 
 

«Alloh taolo yagonadir» degan so‘z sanoq e'tiboridan emas, balki Uning zotida, sifatlarida va fe'llarida sherigi yo‘q ekani e'tiboridandir. Vahdoniyat (yagonalik) — salbiy sifatlardan bo‘lib, uch turga bo‘linadi:

Birinchisi: Zotida yagona ekani. Bundan iroda qilingan ma'no Alloh taoloning Zotida turlanishning yo‘q ekanidir. Buning ma'nosi qismlarga bo‘linishni qabul qilmasligidir.

Ikkinchisi: Sifatlarda yagona ekani. Bundan iroda qilingan ma'no sifatlarining birida Unga o‘xshashining yo‘q ekanidir. Bundan Alloh taoloning ma'lumotlar va ishlar e'tiboridan ko‘p ilmlari va qudratlari bo‘ladi, degan gap kelib chiqmaydi. Balki, U Zotning ilmi yagona, ma'lumotlari esa ko‘p va qudrati yagona, qodir bo‘ladigan ishlari esa ko‘pdir. Boshqa sifatlari ham shu kabidir.

Uchinchisi: Fe'llarda yagona ekani. Bundan iroda qilingan ma'no Alloh taolo barcha koinot-yaratilgan narsalarni paydo qilishda yagona ekani va bor bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalarni paydo qilishda boshqaning ta'siri yo‘q ekanidir.

Tavfiq va hidoyat Allohdandir!

«Sharhi Aqiydatut Tahoviya» asaridan, Alloma Abdulg‘oniy G‘onimiy Maydoniy rohimahulloh

Xayrulloh domla Sattarov - Samarqand viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari


Kiritilgan vaqti: 14/01/2022 08:10;   Ko‘rilganligi: 663
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/alloh-taolo-yagonadir
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 14:44
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing