Alloh qalbini muhrlab qo‘yib va kofir holida o‘lgan inson haqida bilasizmi?
Dinimiz go‘zal qadriyatlari bilan birgalikda har bir hukmda chuqur hikmati borligi jihatidan ham ajralib turadi. Qur'oni karimda minglab mo‘jizalar borki, islom so‘nggi va haq ye'tiqod yekani isbot talab qilmas haqiqatdir.
Bu borada diyorimizdan yetishib chiqqan yetuk olim Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh “Qur'on va sunnatdagi ilmiy mo‘jizalar” nomli asar yaratgan edi. Ye'tiborlisi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga nozil bo‘lgan oyati karimalarda zikr etilgan qator ilmlar oradan o‘n to‘rt asr o‘tib, zamonaviy olimlar tomonidan tasdiqlanmoqda.
Shu bilan bir qatorda oddiy aql bilan tahlil qilganda ham Qur'oni karim hikmatlaridan hayratlanarli jihatlarni osonlik bilan topish mumkin. Shulardan biri “Masad” surasida ko‘zga tashlanadi.
Ushbu sura 5 oyatdan iborat bo‘lib, unda ashaddiy kofir Abu Lahab va uning betavfiq xotini Ummu Jamilning jazolanishi, har ikki dunyoda tortadigan azob-uqubatlari haqida hikoya qilinadi.
Alloh taolo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga “Yaqin qarindoshlaringni ogohlantir”, degan oyatni tushirganda, u zot Safo tepaligiga chiqib, “Ey, Quraysh jamoasi!” deya murojaat yetadilar. Jamoat to‘plangach, “Agar sizlarga hozir vodiyda otliqlar ustingizga bostirib kelishga tayyor turibdi, desam, ishonasizlarmi?” deydilar. “Ishonamiz, sening yolg‘on gapirganingni hech ko‘rmaganmiz”, deyishadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: “Albatta, men sizlarga shiddatli azobdan qo‘rqituvchi (Payg‘ambar) bo‘lib keldim, deydilar. Shunda Abu Lahab “Halok bo‘lgur, bizni shunga yig‘dingmi, deya malomat qilishga tushadi. Shu asnoda “Masad” surasi nozil bo‘ladi.
Abu Lahab islomning yeng ashaddiy dushmani yedi. Xotini Ummu Jamil yesa payg‘ambarimiz alayhissalom haqida bo‘hton va tuhmatlar tarqatib yurardi.
“Masad” surasida Alloh taolo Abu Lahab va xotini iymon keltirmay o‘lim topishi, ularga jahannam muqarrarligini ta'kidlaydi. Qarangki, sura nozil bo‘lganidan keyin Abu Lahab 8 yil yashadi. Agar xohlaganida yolg‘ondan bo‘lsa ham iymon keltirib, bu oyat hukmini yo‘qdek ko‘rsata olardi. Ammo ilohiy hikmat bilan bunday bo‘lmadi. Yaratgan uning qalbini muhrlab qo‘ydi va kofir holida o‘ldi.
Bu Alloh o‘tmishni va kelajakni nuqsonsiz biluvchi zot yekaniga ochiq dalildir. Albatta, hikmat egalariga dinimizda bunday misollar ko‘plab topiladi.
Anvar AHMEDOV,
Jomboy tumani “Shayx Xudoydod Vali” jome masjidi imom-xatibi.
Kiritilgan vaqti: 07/09/2023 14:52; Ko‘rilganligi: 953
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/alloh-qalbini-muhrlab-qoyib-va-kofir-holida-olgan-inson-haqida-bilasizmi
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 19:39
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 19:39