O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

“ALLOH BERGAN NE'MATLARGA SHUKR QILISH”

 
 

Azizlar hozirgi vaqtda ijtimoi tarmoqlarda ko‘p kuzatilayotgan voqe'alarga guvoh bo‘lib turibmiz.
Harbir noxush xabarni orqasida noshukurlik yotgani ma'lum.
Bu ne'matlarni tinchlik ne'matini o‘z vaqtida qadriga yetmasak musibatlarga duchor bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

O‘zi dunyo ne'matlari, deganda nimani tushunamiz bu haqda hadisi sharifga murojat qilamiz.
عن سلمة بن عبدالله بن مِحصن
الأنصاريِّ، عن أبيه، عن النّبيِّ صلى الله عليه وسلم قال: "من أصبح آمناً في سربه، معافى في جسده، عنده طعام يومه، فكأنما حيزت له الدنيا"

Salama ibn Ubaydulloh ibn Muhson Ansoriy otasidan rivoyat qiladi:
“ Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Kim o‘z oilasida omonlikda, tani sihatlikda, kunlik taomi bo‘lgan holda tong ottirsa, xuddi unga butun dunyo jamlanganidek bo‘ladi”, dedilar”. (Imom Buxori rivoyati)

Nabiyimiz sollallohu alayhi vasallam uchta muhim narsani aytib o‘tibdilar: biri- omonlik, tinchlik.

Ikkinchisi- sog‘ salomatlik.

Uchunchisi- yetarli taom.

Bu ulug‘ ne'mat uchalasi bir bandada jamlansa, hama ne'mat jamlanibti u baxtlidir.

Allohga hamd aytishi lozim.

Omonlik, tinchlik ulug‘ ne'matdir. Birov hayotizda tahdid qilib tursa na halovat bor, na rohat bor.

Sog‘liq ham, ulug‘ ne'mat birovga kasallik yetsa uni ham taraqqiyotiga, to‘sqinlik paydo bo‘ladi.

Yetarli taom, suv inson zoti uchun ulug‘ ne'matlardan hisoblanadi, uning qadri topilmaganda bilinadi. Hozirgi kunimizda Alhamdulillah bu ne'matlar ichida g‘arqmiz lekin ba'zi bir tinchlikni qadriga yetmaydigan nobakorlar bu ne'matlarni qadriga yetmay fisqu, fasod tarqatmoqda.

Turli xel ichish-chakish, inson tanasiga salomtligiga zarar yetkazadigan narsalar iste'mol qilayotgani achinarli holat.
Yoki marakayu marosimlarda taomlar, isrof qilinmoqda.

Bu ne'matlarni qadriga yetish Allohga shukur qilishdir, quruq so‘z bilan aytish kifoya qilmaydi.
Aziz muhtaram dindoshlar, vatandoshlar! Bu ne'matlarni tinchlik ne'matlarni o‘z vaqtida qadriga yetaylik, har doim Allohga hamd aytgan holda kun kechirsak Alloh yanad ziyoda qilib beradi.

Melikov Abdullo - O‘MI Samarqand viloyat vakilligi xodimi


Kiritilgan vaqti: 13/07/2022 15:55;   Ko‘rilganligi: 1374
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/alloh-bergan-nematlarga-shukr-qilish
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 13:09
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing