ACHCHIQ HAQIQAT
"Mulohaza qilib ko‘rsam hindlar dohiysi Gandini hindu dinidagi mutaassib o‘ldirgan ekan.
1967 yil o‘z millatiga buyuk g‘alaba taqdim qilib, Falastin yeri hisobidan Isroil chegarasini ikki barobar kengaytirgan Is'hoq Rabinni yahudiy dinidagi mutaassib qatl qilgan ekan.
Islomiy kurashlar bahodiri Ali ibn Abu Tolib roziyollohu anhuni mutaassib xavorij musulmon o‘ldirgan ekan.
Dunyoda dinning ruhini yo‘qotib qo‘yganlar bor. Ular ko‘proq dinning kiyimlariga, belgi-alomatlariga e'tibor berishadi. So‘ngra uni jamiyat tomonga tortishadi. Ular poklashni emas, ayblashni joyiga qo‘yishadi. Qurishni emas, buzishni o‘rniga qo‘yishadi.
Dinni biladiganlar va unga da'vat qiladiganlardan uni chiroyli tushuntirish va tarbiyani chiroyli qilish talab qilinadi. Teriga emas, botinga e'tibor berishimiz kerak. Libosga emas, qalbga ahamiyat qaratishimiz lozim!".
Muhammad G‘azzoliy rohimahullohning "Achchiq haqiqat" kitobidan.
Urgut tumani "Urgut markaziy" masjidi xodimi A.Polvonov
Kiritilgan vaqti: 15/12/2021 07:04; Ko‘rilganligi: 954
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 16:26