O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

15. Savol: U zotning (Payg‘ambar sollallohi alayhi vasallam) ko‘p uylanishida xususan kanday sabab va hikmatlar bo‘lgan?

 
 

Javob: 1. O‘sha davrda mavjud bo‘lgan cheklanmagan ko‘pxotinlilikni Islom dini 4 tagacha cheklab kuydi. Lekin Alloh taolo Payg‘ambarimizni boshqa Hukmga buyurdi. Buning ko‘plab sabablaridan biri: u zot Allohdan yangi din keltirgan edi. Bu dinning hukmlari orasida ayollarning maxsus holatlariga taallukli (hayz, nifos, istihoza kabi) hukmlar xam bor edi. Rasululloh bu hukmlarni nomahram ayollarga batafsil aytolmasdi, lekin aytishi zarur edi. Shu sababdan Allohning amri bilan ko‘p ayolga uylandi.

2. Payg‘ambarimiz dinga da'vatni boshlagach, u zotga mushriklar tomonidan ko‘p aziyatlar yetkazilardi. Islomni qabul qilgan kishining himoyasi bo‘lmasa, mushriklar uni turli azobga giriftor qilishardi. Ba'zan muslima ayol boshiga bevalik tushsa yoki bir mushrikning xotini yo singlisi islomni qabul qilsa, himoyasiz qolardi. Shularni muhofaza qilish uchun Paygambarimiz o‘shalarning rizoligi bilan ba'zan sahobalarga nikohlab berardi, ba'zan o‘zi uylanardi. 

3. Xotinlarining hammasi turli qabilalardan bo‘lgani tufayli qabilalar va ularning raislari orasida qarindoshlik rishtalari bog‘landi, o‘zaro muhabbat va aloqaga yo‘l ochildi. Har qabila Paygambarimizni o‘zidan deb bilardi va unga qattiq bog‘lanardi. Turli qabiladan Rasulullohga xotin bo‘lgan ayollar u kishi hayotligida ham, vafotidan keyin ham muhim diniy xizmatlarga vasila bo‘lishdi. Bu barcha arab qabilalarini birlashtirishdagi eng kuchli siyosiy omillardan edi. Mahzun o‘g‘illari Ummu Salama (r.a.) vositasi sabab-bois, umaviylar Ummu Habiba (r.a.) vositasida, hoshimiylar Zaynab binti Jahsh (r.a.) vositasida o‘zlarini Paygambarimizga yaqin olishlari bilan baxtiyor edilar. Bani Mustalaq qabilasining Madinaga hujum qilmoqchiligidan xabar topgan musulmonlar ularni yengib, aksarini asir oldilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam asirlarni qul qilib sahobalarga tarqatdi. Qabila boshlig‘ining qizini o‘z nikohiga oldi. Bani Mustalaq Paygambarimizga qarindosh bulib kolganini ko‘rgan sahobalar u qullarni ozod etishdi. Shu muomalalar sabab, butun Bani Mustalak Islomni qabul qildi. Maymuna(r.a.) Najd qabilasi boshlig‘ining kizi edi. Juda qaysar bu kabila 70 ga yaqin sahobani o‘ldirgandi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam Maymunaga uylanishi bilan ushbu qabila xam itoatga kirdi. Ummu Habiba (r.a.) Makka sardorlaridan Abu Sufyonning, Sofiya (r.a.) yahudiylar sardorining qizi edi. Hafsa (r.a.)ga uylanish bilan Umardek shijoatli va e'tiborli sahobaga qarindosh bo‘ldi. 

4. Zaynab (r.a.)ga uylanish bilan johiliyatda mavjud bo‘lgan katta bir bid'at yo‘q qilindi.

5. Kup uylanishdan maqsad ummatta muallimalarni kupaytirish bo‘lgan. Chunki u zotning har ayoli dinni odamlarga o‘rgatadigan bir muallima edi. 

6. Paygambarimiz komil inson qanday bulishini, hayotning barcha sohalarida ilohiy Dasturga muvofik yashashni ko‘rsatuvchi namunadir. Insonning hayoti ikki qismdan iborat: shaxsiy hayot va ijtimoiy hayot. Ijtimoiy hayot ham ikki qismdir: oilaviy hayot va oiladan tashqaridagi xayot. Inson umrining aksari shaxsiy va oilaviy hayotdan iborat. Bu ikkisini eng yaxshi biladigan kishi har bir kishining umr yo‘ldoshidir. Demak, bashariyat uchun namuna bo‘lgan bu zotning shaxsiy va oilaviy xayoti haqida faqatgina u kishining ayollaridan bilish mumkin. Ko‘p uylanish esa yanada to‘liqroq ma'lumot hosil qilishga sabab bo‘ladi. Chunki bir ayoli ko‘rmagan narsani boshqasi ko‘radi. Biri eshitmagan hukmni boshqasi eshitadi. Videokamera misoli: Hozirgi kunimizdan misol keltiradigan bo‘lsak, ma'lumki, futbol chempionatida maydonning har tomoniga bir nechtadan kamera qo‘yiladi. Bundan maqsad o‘yinning har bir tafsiloti qayd qilinib, ravshan bo‘lishidir. Biron kor-hol yuz bersa, darrov barcha kameralardagi videoyozuvlar ko‘rib chiqilib, keyin hukm qilinadi. Paygambarimizning ayollari ham uning hayotidan xabar berishda videokameralar kabi bo‘lganlar. Ko‘pliklari tufayli aniq va ravshan ma'lumot to‘plangan.

muallif: Usmonxon Alimov


Kiritilgan vaqti: 09/10/2023 16:16;   Ko‘rilganligi: 138
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/15-savol-u-zotning-paygambar-sollallohi-alayhi-vasallam-kop-uylanishida-xususan-kanday-sabab-va-hikmatlar-bolgan
Chop etilgan vaqti: 28/04/2024 03:57
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing