Maqolalar

MOTURIDIYCHA YONDASHISH

وقال المحققون من أصحابنا رحمهم الله : «إن الإيمان هو التصديق بالقلب، لكن الإقرار شرط لإجراء الأحكام في الدنيا؛ حتى إن من صدق بقلبه ولم يقر بلسانه فهو مؤمن عند الله لوجود التصديق، غير مؤمن في أحكام الدنيا لعدم الإقرار باللسان.
كما أن المنافق لما وجد منه الإقرار دون التصديق فهو مؤمن في أحكام الدنيا لوجود شرطه وهو الإقرار باللسان، وكافر عند الله لعدم التصديق».

وهذا القول مروي عن أبي حنيفة رحمة الله عليه، نص عليه في كتاب العالم والتعلم، وهو اختيار الإمام أبي منصور، والحسين بن الفضل البجلي، وأصح الروايتين عن الأشعري.. أهـ.

 «الكفاية في الهداية» للإمام نور الدين الصابوني رضي الله عنه.

 

Eng yaxshi guvoh

Suyukli payg‘ambarimiz (sollalohu alayhi vasallam) quyidagi hikoyatni rivoyat qilib bergan edilar:

“Bani Isroil qabilasidagi bir savdogar o‘z qabiladoshidan 1000 oltin dinor qarz so‘rab boribdi.

— Men pul berib turishga roziman, biroq tamoyilga ko‘ra, bir guvoh bo‘lishi kerak — debdi qarz berayotgan odam.

— Shohidlikka Alloh kifoya, — debdi savdogar.

 

Namozdan keyingi duo xaqida

Namozdan keyin qilinadigan duo masalasi ham bemazxablarning ixtilof chiqarish uchun ishlatadigan sevimli qurollaridan biriga aylangan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

 

NEGA YIG‘LAYAPSAN?

Nabiy sallollohu alayhi va sallam Safiyya bint Huyayy onamiz roziyollohu anhoning huzurlariga kirganlarida Safiyya onamiz yig‘lab o‘tirgan edilar. Nabiy sallollohu alayhi va sallam so‘radilar:
- Nega yig‘layapsan?
Onamiz javob berdilar:

 

SOG‘LOM AQIYDA

Imomi A'zam Abu Hanifa rohimahulloh aytganlar: «Kim Alloh osmondami yoki yerdami, bilmayman, desa kofir bo‘ladi. Shuningdek, Alloh Arshdan ustun, lekin Arsh osmondami yoki yerdami, bilmayman, degan kishi ham».

 

NODIR DEVONBEGI ORLOT

Jannatmakon yurtimizda qanchadan-qancha xonlar-xoqonlar, sultonlar va amirlar o‘tdilar, ular haqida kitoblar yozildi ammo biz siz azizlarga xavola qilmoqchi bo‘lgan kishi xon emas balki Buxoro xoni Abul G‘oziy Imomquli Bahodirxonning bosh vaziri Nodir Devonbegi Orlot haqida qo‘limizdan kelgunicha bayon qilishga ishaalloh harakat qilamiz! Nodir Devonbegi Orlotning to‘liq ismi Hazrat Nodir Mirzo Tog‘oyi Sadr Devonbegi ibn Hazrat Sulton Mirzo Tog‘oyi Abdulloh Orlot bo‘lib o‘zbekning Orlot urug‘idan bo‘lganlar. Bunga Abu Tohirxojaning Samariya asarida “Nodir Devonbegini Orlot aymog‘idan bo‘lganligini tarix zabt qilgan” deb yozadi, shuning uchun ham u kishining ismiga taxallus kabi Orlot so‘zi qo‘shilgan. Yuqorida aytganimizdek ko‘plab xonlar, sultonlar bu foniy dunyodan vafot qilib ketdilar. Bu dunyo hech kimga vafo qilmadi. Ammo ulardan solih amallar hamda qoldirgan ilmiy va madaniy meroslari qoldi xalos. Xonlar, sultonlar qatorida Nodir Devonbegi Orlotdan ham qolgan ilmiy hamda madaniy me'roslarini yoritishni ixtiyor qildik. Nodir Devonbegi Orlot faoliyatining avvalida Buxoro Xonligi bosh sarkardasi bo‘lgan. Bu haqda Saxiliyning “Imomqulixonnoma” asarida quyidagicha satrlar keltiriladi:

 

Eng jirkanch illat

Dunyo tarixiga teran nazar tashlasak, har qanday ko‘ngilsiz voqea-hodisa zamirida, albatta, fitnalar uyushtirilganiga guvoh bo‘lamiz. Odam alayhissalom davridan to Rasuli akram sollallohu alayhi va sallam zamonlarigacha, saodat asridan bugungi kungacha kuzatilgan har qanday urush, qirg‘inbarot janglar, qonli to‘qnashuvlarga fitnalar sabab bo‘lganini hech kim inkor eta olmaydi.

Hazrati Umar va hazrati Usmon roziyallohu anhumoning shahid etilishi, hazrati Ali va Muoviya roziyallohu anhumo o‘rtasidagi kelishmovchiliklar va undan keyingi asrlarda sodir bo‘lgan mash'um hodisalarda halok bo‘lganlarni hech ikkilanmay fitnalar qurboni bo‘lishgan, deyish mumkin.

 

TAVBA

Tavba - Alloh taologa yuzlanish va qaytish demakdir.
Tavba rost bo‘lishi uchun shartlari to‘liq topilishi kerak. Agar tavba siz va Alloh o‘rtasida sodir bo‘lgan gunohdan bo‘lsa, shartlari uchtadir. Agar gunoh siz va boshqa inson o‘rtasida bo‘lsa, garchi musulmon bo‘lmasada, shartlar bittaga ko‘payib, to‘rttadir.

 

Dunyo imtihonlar hovlisi va sinovlar ummonidir

Sevikli birodarim! Bu dunyoga kelgan kuningizdan boshlab siz imtihonu sinovlar girdobiga tashlangan bo‘ldingiz. Agar Alloh sizga mol-davlat ato etgan bo‘lsa, bilingki, siz sinovlar ummonidasiz. Agar sihat-salomatlik ato etgan bo‘lsa, bilingki, yana imtihondasiz. Agar Alloh sizni shak-shubhalar va tangliklarga duchor etgan bo‘lsa, bilingki, bu ham bir imtihon.

 

YOSHLARNI YOT G‘OYALARNING TA'SIRIDAN SAQLAYLIK

Ma'lumki, mamlakatimiz aholisi diniy e'tiqod masalasida o‘ta xassos bo‘lgan va pok e'tiqodni muqaddas sanagan. Bugun mana shu jihatni yoshlar ongiga to‘g‘ri singdirish dolzarb vazifadir. Chunki sog‘lom e'tiqod jamiyatning tinchligi va ravnaqiga xizmat qiladi hamda insonni ikki dunyo saodatiga yetishtiradi.

 

#Raddiya Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan tavassul qilish va yomg‘ir so‘rash

Imom hofiz Shayxul islom Abul Faraj Abdurrahmon Ibn Javziy Hanbaliy o‘zlarining “Al vafo biahvolil Mustafo” nomli kitoblarida Abu Bakr Munqriydan bir rivoyatni keltiradilar: “ Abu Bakr Munqriy aytadilar: “Men Tabariy va Abu Shayx bilan birga Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning harami shariflarida ekanimizda bir holatga tushib qolgan edik, bizga ochlik o‘z ta'sirini ko‘rsatdi. Bir kuni xufton vaqtida men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qabrilarini oldida hozir bo‘lib “Yo Rasullalloh ochlik, ochlik”, deb aytdim va qaytdim.

 

KALOM ILMINI O‘RGANISH HUKMI HAQIDA

«Ammo, bu ilmning hukmiga kelsak, farzi kifoyadir. Bunga Imomi A'zam roziyallohu anhu ishora qilganlar. Quyida u zotning gaplarini keltiramiz. Shuningdek, Imomul Haromayn, Haliymiy, Bayhaqiy, G‘azzoliy, Rofe'iy, Yofi'iy, Navaviy, Ibn Asokir, Tiybiy, Mahalliy va Haytamiy kabi ulamolar ham (bu ilmning farzi kifoya ekanini) ochiq-oydin bayon qilishgan. «Multaqot» va «Tatarxoniya» asarlarida ham shunday zikr qilingan.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing