O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Саҳобалар ҳаёти

MUS'AB IBN UMAYR Islomning avvalgi elchisi (4-qism)

 
 

Payti kelib Rasululloh Mus'abni ulug‘ bir vazifa uchun tanladilar va Madinaga din ilmidan ta'lim beradigan muallim qilib yubordilar.

Mus'ab ibn Umayrning vazifasi bu bilan cheklanmay, balki hali Islomni qabul qilmaganlarni dinga da'vat etish va Madinani Rasulullohning tashriflariga tayyorlashdan iborat edi. O‘sha paytda sahobalar orasida Mus'abdan yoshi ulug‘roq, obro‘-e'tibori yuksakroq va qarindoshlik jihatidan Janobimizga yaqinroq kishilar ko‘p edi. Ammo Payg‘ambar “Mus'abul xayr”ni tanladilar. Chunki Janobimiz eng xatarli ishlardan birini kimning zimmasiga yuklashni, tez kunda hijrat qilinadigan va Islom quvvat oladigan joyga aylanishi kutilgan Madinani kimning qo‘liga topshirishni juda yaxshi bilar edilar. Shunday qilib, Islom dinining taqdiri bir hisobda Mus'ab ibn Umayrning yelkasiga yuklandi. U Buyuk Yaratuvchisi in'om etgan aqliga suyanib, Allohdan madad so‘ragan holda, bu mas'uliyatli ishni bo‘yniga oldi.

Mus'ab Madina ahli qalbini zuhdi, taqvosi, ixlosi va muhabbati bilan o‘ziga rom etdi. Ular Allohning diniga guruh-guruh bo‘lib kira boshladi. Payg‘ambar Mus'abni Madinaga yuborayotgan paytda, u yerdagi musulmonlar bor yo‘g‘i o‘n ikki kishi edi, xolos. Lekin oradan bir necha oy ham o‘tmay, ularning soni keskin ko‘paydi. Kelasi yil haj mavsumida Madinadan yetmish kishidan iborat musulmonlar guruhi Rasullohga bay'at berish uchun Mus'ab ibn Umayr boshchiligida Makkaga yetib keldi. Rasuli Akram o‘z farosati, martligi va aql-zakovati bilan tanilgan Mus'abni tanlab, to‘g‘ri yo‘l tutganlarini isbot etdi. U vazifani chuquranglar, o‘zini Allohning diniga chaqiruvchi, insonlarni hidoyat hidoyat va turli yo‘lga chorlovchi, xuddi Payg‘ambar kabi faqat yetkazuvchi ekanini yaxshi bilar edi.

Davomi bor.

 Z.Eshonqulov – O‘MI Samarqand viloyati vakili

“Payg‘ambar atrofidagi kishilar” kitobidan.


Kiritilgan vaqti: 23/09/2019 15:49;   Ko‘rilganligi: 1276
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/sahaba/musab-ibn-umayr-islomning-avvalgi-elchisi-4-qism
Chop etilgan vaqti: 27/04/2024 08:19
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing