O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Оила

FARZANDINGIZGA YAXSHI ONA TANLANG

 
 

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam otaning farzandiga qiladigan moddiy ta'minotidan ma'naviy ta'minoti ustun turishini ta'kidlab shunday marhamat qilganlar: "Hech bir ota o‘z farzandiga go‘zal odobdan ham ortiqroq hadya bera olmaydi" (Termiziy rivoyati) Ota-onalar bolaning tabiati, xulq-atvori shu oiladagi muhitga qarab shakllanishini esdan chiqarmasliklari zarur. Ularning vazifasi xuddi tajribali tabibning bemorga nisbatan munosabatiga o‘xshash bo‘lishi kerak.

Ma'lumki, solih farzandlar osmondan tushmaydi. Balki, ota-ona nazoratida oila ichida tarbiyalanib, voyaga yetishadi. Bolalar yosh vaqtlarida ularning tarbiyasiga beparvo bo‘lish, yomon kishilarga aralashib yurishlariga yo‘l qo‘yish zararli oqibatlarga olib keladi. Sodda qilib aytsak, bola qalbi har turli bitik yozish mumkin bo‘lgan bir oq qog‘ozga o‘xshaydi. Unga mumkin qadar yaxshi yozuvlar yozish kerak. Ular tarbiyasiga astoydil kirishish, yaxshi kishilar bo‘lib yetishishlari uchun butun imkoniyatlarni ishga solish zarur.

Donishmandlar bola tarbiyasiga u hali homila holida ekanidayoq kirishishni maslahat berishadi. Bunga qanday erishish mum­kin? Bo‘lajak onaning taomi halol, pok bo‘lishi, u hamisha toza, pokiza yurishi, ko‘proq Qur'on o‘qishi, duo va zikrni muntazam aytib turishg tug‘ilajak farzandning kelgusida yaxshi tarbiyali, odobli, e'tiqodli, chin inson bo‘lib kamolga yetishida katta foydasidir. Hatto zamonaviy tibbiyot ham ona homiladorlik chog‘ida ko‘proq qan­day kayfiyatda bo‘lsa, bularning xammasi bolaga ham ko‘chishini isbotlagan.

 Bahodir SHARIPOV - Samarqand tuman bosh imom xatibi   


Kiritilgan vaqti: 19/10/2019 14:58;   Ko‘rilganligi: 1184
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/family/farzandingizga-yaxshi-ona-tanlang
Chop etilgan vaqti: 26/04/2024 12:42
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing