O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Таълим-тарбия

Yoshlar odobi kechiktirib bo‘lmas vazifalarimizdandir

 
 

Bolaga  yoshligidan  vatanga sadoqat, mehr-oqibat, dinu-diyonat, insof, oriyat, iymon, e'tiqod kabi fazilatlarni uning qalbiga singdirib borishishi ota-onaning burchi hisoblanadi. Bolalar, ya'ni yoshlarimiz kitobga oshno bo‘lib o‘sishlari uchun ularga kitoblar sovg‘a qilib, o‘zimiz ham kitob mutolaasida shaxsiy namuna ko‘rsatishimiz zarur. Hozirgi globallashuv davrda yoshlarimizni internet orqali ta'qiqlangan saytlarga adashib kirib qolmasligi, behayo namoishlardan yiroq bo‘lishlari uchun har bir kishi o‘z farzandini qat'iy nazorat qilishi, bu ishlarga e'tiborsiz bo‘lmasligi muhim vazifalardan hisoblanadi.

Yoshlar odobi haqida so‘z ketar ekan Imom G‘azzoliy aytgan so‘zlarini yodga olishimiz zarur: “Yoshlar tilla taqinchoq, turli zebu-ziynatlar taqmasligi lozim. Ular o‘tirish-turish, salom berish odoblariga rioya etishlari, o‘zlaridan kattalar huzurida oyoqlarini chalishtirib o‘tirmastliklari, sergap va so‘kuvchi bo‘lmastliklari, behayo so‘zlarni aytmastliklari, xususan, yomon xulqli tendoshlariga aralashishdan ehtiyot bo‘lishlari kerak”.

 Yoshlarga g‘iybat qilish, hasadgo‘ylik, suhbatdoshini yoki kimnidir kamsitish, o‘zgalarni mensimay past nazar bilan qarash, obro‘yi, boyligi, yoki mansabiga qarab muomula qilish juda ham tuban illat ekanligini tushuntirib berishimiz zarur. Odamlarning xursandchiligini baham ko‘rish, g‘am anduhlaridan qayg‘urish, mol-mulkiga xiyonat qilmaslik. Yaxshilikka chorlab, yomonlikdan qaytarish, har-birimizning kechiktirib bo‘lmas vazifalarimizdandir.

Shoximardon UMAROV – Kattaqo‘rg‘on tumani “Xalifa Xuayberdi” jome masjidi imom xatibi 


Kiritilgan vaqti: 28/12/2019 14:39;   Ko‘rilganligi: 89
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/articles/eductaion/yoshlar-odobi-kechiktirib-bolmas-vazifalarimizdandir
Chop etilgan vaqti: 02/04/2020 05:24
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing