O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Таълим-тарбия

Eshik taqillatishda bajariladigan 8 amal

 
 

1. Eshikni uch martadan ortiq taqillatmaslik.

Qo‘ng‘iroq chalish ham eshik taqillatish kabidir. Qo‘ng‘iroq ham uch martadan ortiq chalinmaydi.

 

2. Eshikni ohista taqillatish.

Eshik qo‘pollik bilan taqillatilmaydi. Qo‘ng‘iroq ham beto‘xtov bosilmaydi. Eshikni qo‘pollik bilan taqillatish uy egasining qalbiga vahima soladi.

3. Eshikni uch marta bo‘lib-bo‘lib taqqilatish.

Eshikni bir marta taqillatgandan keyin biroz kutish lozim. Toki xonadon ahli o‘zini o‘nglab olsin. 

4. Eshik to‘g‘risida turmaslik.

Eshik taqillatganda eshikning o‘ng yoki chap tarafida turish lozim. Toki eshik ochilganda xonadon ahliga ko‘z tushmasin.

 

5. Eshik taqillatganda "men" demaslik.

Eshik taqillatganda xonadon ahli “kim?” deb so‘rasa, “men” deb javob berilmaydi, balki ism aytilib, o‘zini tanishtiradi.

Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam eshik qoqqanda "men" deb aytishni xush ko‘rmaganlar.

 

6. Xonadon ahlining iznini kutish.

Xonadon egasining iznisiz uyga kirilmaydi. Alloh taolo bunday buyuradi: “Ey, imon keltirganlar! O‘z uylaringizdan o‘zga uylarga to izn so‘ramaguningizcha va egalariga salom bermaguningizcha kirmangiz! Mana shu sizlar uchun yaxshidir. Zora, (bu gapdan) eslatma olsangiz” (Nur surasi, 27-oyat).

7. Uyga kirishga ruxsat bo‘lmasa ortga qaytish.

Agar eshik taqillatilganda javob berilmasa yoki uyga kirishga biror sabab ruxsat berilmasa, ortga qaytib ketish lozim. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Bas, agar u (uy)larda hech kimni topmasangizlar, unda to sizlarga izn berilmaguncha ularga kirmangiz! Agar sizlarga “qaytinglar” deyilsa, qaytib ketaveringlar! shu sizlar uchun eng toza (yo‘l)dir. Alloh qilayotgan ishlaringizni biluvchidir” (Nur surasi, 28-oyat).

 

Davron NURMUHAMMAD

Manba:muslim.uz


Kiritilgan vaqti: 20/10/2019 21:46;   Ko‘rilganligi: 1386
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/eductaion/eshik-taqillatishda-bajariladigan-8-amal
Chop etilgan vaqti: 26/04/2024 11:26
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing