O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Internetdan olingan narsa to‘g‘ri va zararsiz ekanini bilish zarur (davomi)

 
 

Mutaxassislar ma'lumotlariga ko‘ra, internet orqali tarkatiladigan kompyuter o‘yinlarining 49 foizi sezilarli darajada zo‘ravonlik va yovuzlik ko‘rinishiga ega, 41 foiz jangari (turli otishmalar va portlashlarga asoslangan) o‘yinlarda esa o‘yin qahramoni o‘z maksadiga yetishish uchun shunday zo‘ravonlik va yovuzlik sodir etadi. 17 foiz o‘yinlarda ana shu zo‘ravonlik va yovuzlikning o‘zi bosh maksad hisoblanadi. Turli jangovar, mentalitetimizga mos bo‘lmagan, ba'zan qahramonlik vahshiylikka o‘tib ketadigan bu kabi o‘yinlar farzandlarimiz axloqiy-estetik tarbiyasiga to‘g‘ri ta'sir ko‘rsata oladi deya olmaymiz. Bir qarashda ular oddiy o‘yindek ko‘ringani bilan zo‘ravonlik g‘oyalari, yovuzlik kayfiyatini uyg‘otishi juda ko‘p salbiy okibatlarga olib kelgani xususida hayotiy misollar ko‘plab topiladi.

Internet saytlarida yoshlarga kuchli ta'sir etuvchi axborotlarni quyidagicha tasniflash mumkin.

Birinchi toifadagi axborotlar sirasiga yot, buzg‘unchi g‘oyalar (diniy ekstremizm va terrorchilik g‘oyalari, millatchilik, irqchilik, sadizm kabilar)ni kiritish mumkin.

Ikkinchi toifadagi axborotlar esa garb hayot tarziga xos, o‘zbek mentalitetiga zid odatlar va ko‘nikmalarni targib etadi. Bu ayniqsa, g‘arb yoshlarining kiyinishi, odatlarini targ‘ib qiluvchi maqolalar, kliplar, filmlarda yaqqol namoyon bo‘ladi.

Uchinchi toifaga esa pornografik axborotlarni kiritish mumkin.

To‘rtinchi toifaga esa hali tekshirilmagan, o‘z isbotiga ega bo‘lmagan turli hujumkor axborotlarni kiritish mumkin.

Internet saytlaridan tarqatilayotgan bu kabi yot g‘oyalar va axborotlarni yoshlar tomonidan qabul kilinayotganligi va uning oqibatlari jahondagi barcha mamlakatlari xalkini ham tashvishga solmokda.

Yoshlarimiz ongini egallashga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarga, milliy manfaatlarimizga raxna solishga, ma'naviyatimizga tajovuz qilishga, umrimiz mazmuni bo‘lgan tarixiy xotiramizni buzishga urinayotgan g‘arazli kuchlarga karshi doimo ogoh turishimiz darkor. Ana shundagina bizni hech kim, hech narsa o‘z tanlagan yo‘limizdan ortga qaytara olmaydi va biz ko‘zlagan ulug‘vor maksadlarimizga albatta yetamiz.

X.Sattarov- viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari (manbalar asosida)


Kiritilgan vaqti: 28/03/2020 15:08;   Ko‘rilganligi: 48
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/articles/actual/internetdan-olingan-narsa-togri-va-zararsiz-ekanini-bilish-zarur-davomi
Chop etilgan vaqti: 02/06/2020 03:03
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing