O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Yoshlar tarbiyasida barchamiz birdek mas'ulmiz

 
 

Bulung‘ur tuman “Sarqipchoq” jome masjidi imom xatibi Muhammaddiyor Jomon qulov Sarqipchoq mahallasida joylashgan 68-maktabda 9-10-11 sinf o‘quvchilariga “Sof Islomning mazmun mohiyati”, “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish”, “O‘z joniga qasd qilishning oldin olish”, “Salomlashish odobi” va bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga berilayotgan e'tibor va imkoniyatlar to‘g‘risida tushunchalar berdi. Tadbir so‘ngida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga kerakli javoblarni oldilar.

Albatta, yoshlarimizning mamlakatimiz istiqboli uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lib shakllanishi hamda Vatan tuyg‘usini chuqur anglaydigan, irodasi mustahkam, yuksak ma'naviyatli, ilm va e'tiqodli bo‘lib kamol topishlari oldimizda turgan maqsadlarimizdandir.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 15/10/2019 11:46;   Ko‘rilganligi: 1380
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/yoshlar-tarbiyasida-barchamiz-birdek-masulmiz
Chop etilgan vaqti: 13/05/2024 14:49
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing