O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Viloyat bosh imom xatibi matbuot anjumanida ishtirok etdi

 
 

Samarqand viloyat matbuot uyida viloyat hokimining o‘rinbosari D.Mamadqulov va viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda D.Mamadqulov viloyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish borasida, mamlakatimizda diniy-ma'rifiy sohada  amalga oshirilayotgan islohatlar,viloyat diniy soha vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida yig‘ilganlarga ma'lumot berdi. 

Jumladan, viloyatdagi rasmiy faoliyat olib borayotgan masjidlar, ulardagi qurilish, tamirlash va obodonlashtirish ishlari, namozxonlarga yaratilgan shart-sharoitlar, imom xatiblarni tajribasini oshirish uchun tashkil qilingan ma'naviyat soatlari, otinoyilar uchun tashkil etilgan malaka oshirish o‘quvlari haqida gapirib o‘tdi. Shuningdek, viloyatimizda Imom Buxoriy xalqoro ilmiy tadqiqot markazi, Hadis, Kalom maktablari, Arab tili, Qur'oni karim va tajvid kurslari hamda O‘zbekiston Islom akedemyasi huziridagi mintaqaviy Malaka oshirish markazi filiali faoliyat yuritayotgani, viloyatda vakilligining sammuslim.uz, Jomboy tumani “Islomobod” jome masjidining islomobod.uz, Imom Buxoriy hadis oliy maktabining “hadis.uz”, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining “buckhari.uz” saytlari faoliyat olib borilayotgani, ushbu sayitlarda elon qilinayotgan maqola, video va audio matireallar ijtimoiy tarmoqlarga ham joylashtirilayotgani, yaqindan boshlab sammuslim.tv kanali tashkil etilib, unda Tafsir, Hadis, Fiqh, Siyrat fanlaridan video darslar tashkil etilgani va ushbu darslar sammuslim.uz va islomobod.uz sayti hamda ijtimoiy tarmoqlaridagi kanallarda namoyish etilayotgani, har juma kuni tajribali imomlarning juma ma'ruzalari fasebook ijtiomiy tarmog‘i orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri jonli uzatilayotgan haqida malumot berildi.
Anjuman davomida Haj va Umra ziyoratlari uchun fuqarolarimizga yaratilgan qulaylik va sharoitlar haqida ham axborat berildi.
Shundan so‘ng jurnalistlarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar qaytarildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 30/11/2019 14:02;   Ko‘rilganligi: 1211
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/viloyat-bosh-imom-xatibi-matbuot-anjumanida-ishtirok-etdi
Chop etilgan vaqti: 26/04/2024 06:06
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing