Tinchlik buyuk ne'mat
Tayloq tumani bosh imom xatibi Bekmurod Ismoilov tumanda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh a'zolari bilan 20-maktabda bo‘lib, 9-10-sinf o‘quvchilari bilan ekstremizm, terrorizm balosi, tinchlik ne'matining qadriga yetish mavzularida davra suhbati o‘tkazdi.
Tinchlikdek buyuk ne'mat bugungi kunda dunyoning barcha joyida ham topilavermaydi. Afsuski, hozirda dinni niqob qilib, o‘zlarining manfur niyatlarini amalga oshirmoqchi bo‘layotgan oqim a'zolari jiddiy mojarolarni, ziddiyatlarni keltirib chiqarishi, barqarorlik va xavfsizlikka tahdid solishi mumkinligi jiddiy tashvish tug‘dirmoqda. Dinni qurol kilib olgan ba'zi ekstremistik harakatlar bugun umuman kishilik jamiyati hayotiga tahdid solayotgani eng achinarli xoldir. Eng yomoni bunday yovuz guruhlar o‘z tarafdorlari sonini kengaytirishga urinishayotgani va o‘z yovuz g‘oyalarini turli xil zamonaviy vositalar, asosan internet tizimidan foydalangan holda tarqatishga ruju qo‘yishgan.
Mana shular to‘g‘risida o‘quvchilarga tushunchalar berilgandan so‘ng ular tomonidan berilgan savollarga javoblar qaytarilib, davra suhbati qiziqarli va jonli tarzda o‘tdi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 26/10/2019 14:43; Ko‘rilganligi: 1283
Chop etilgan vaqti: 15/09/2024 14:53