Tarbiya uchun har bir inson mas'uldir
Tarbiya uchun har bir inson mas'uldir
Yoshlarimizni har tomonlama yetuk, sog‘lom va ma'naviyatli qilib tarbiyalashga jamiyatdagi har bir inson mas'uldir. Yosh avlod ong-shuuri, ma'naviyati va madaniyati, yurish-turishi, kiyinishi, o‘zini tutishi, muomalasida aks etadigan turli qusur va illatlar barchamizni hushyorlikka undashi zarur. Bu holatlarga e'tiborsizlik, bepisandlik va sovuqqonlik bilan qarash, ularni o‘z holiga tashlab qo‘yish esa jiddiy oqibatlarga va fojiaga olib kelishi mumkin.
Bulung‘ur tumani “Olomon” jome masjidi jamoasi tumandagi masjidga yaqin hududdagi kasb-hunar kolleji va maktablar bilan doimiy aloqani yo‘lga qo‘ygan. “Olomon” jome masjidi imom xatibi vazifasini bajaruvchi Abdumannon Murodov o‘quvchi talabalar bilan tez-tez uchrashib, ularga Ilm o‘rganishning farzligi, Ota-onani e'zozlash, odob - inson ziynati kabi mavzularda hamda “Jaholatga qarshi ma'rifat” shiori ostida diniy-ma'rifiy mavzularda suhbatlar o‘tkazib kelmoqda. Bu kabi uchrashuvlar o‘zaro savol-javob tarzida o‘tkazilib, unda o‘quvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga keraklicha ma'lumot va javoblarni olmoqdalar. Albatta, bu kabi uchrashuvlar ma'naviy axloqiy jihatdan barkamol shaxslarni tarbiyalab yetishtirishiga xizmat qiladi deb umid qilamiz.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 13/09/2019 15:57; Ko‘rilganligi: 1372
Chop etilgan vaqti: 22/01/2025 02:00