O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

“Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot...”

 
 

Joriy yil 20 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi yig‘ilishi va Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida so‘zlagan nutqida yoshlar va ta'lim masalalari Senatning doimiy e'tiborida bo‘lishi kerakligini ta'kidlab, “Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”, degan so‘zlarini takror va takror aytishdan charchamayman. Nega deganda, bu fikr bugungi kunda har qachongidan ham muhim ahamiyatga ega ekanini unutmasligimiz lozim. Yoshlarimiz kimning avlodlari ekanini chuqur anglashlari kerak. Ayni vaqtda bugungi islohot va o‘zgarishlar o‘z-o‘zidan bo‘lmayotganini bilishlari zarur”, degan edi.

Darhaqiqat, maktab — bu hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi. Bu masalani davlat, hukumat va hokimlarning o‘zi hal qilolmaydi. Bu butun jamiyatning ishi, burchiga aylanishi kerak. Maktabni o‘zgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi.

Kattaqo‘rg‘on shahar 8-umum talim maktabida bo‘lib o‘tgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirda ishtirok etgan “Muhammad Naqqibek” jome masjidi imom-xatibi Anvar Nazarov ilm-ma'rifatning inson hayotidagi o‘rni va oxiratdagi darajasi haqida to‘xtaldi.

“…Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga ko‘tarur. Alloh qilayotgan (barcha yaxshi va yomon) amallaringizdan xabardordir” (Mujodala  surasi, 11-oyat).

Hozirgi paytda dunyo hayotidagi taraqqiyot va rivojlanishni ilmsiz ravnaq topgan, yuksalgan deb bo‘lmaydi. Shu bois Alloh taolo ilm o‘rganishga intilishni har bir mo‘min-musulmon zimmasidagi farz etib qo‘ygan. Alloh taolo ilm izlashni va o‘rganishni musulmon bandalariga qat'iy buyurgan”, dedi A.Nazarov.

Tadbirda yuqori sinf o‘quvchilari va ustozlar qatnashdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 23/01/2020 14:42;   Ko‘rilganligi: 1270
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/tarbiya-biz-uchun-yo-hayot-yo-mamot
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 16:50
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing