O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Yoshlarga sof Islom ta'limotlarini yetkazish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilmoqda

 
 

Imom-xatiblar, imom noiblari ishtirokida umumiy o‘rta ta'lim maktablari va o‘rta-maxsus kasb-hunar ta'lim muassasalarida har oyda davomli ravishda “Jaholatga qarshi ma'rifat” shiori ostida diniy-ma'rifiy suhbatlar davom etmoqda. Davra suhbatlarida ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash; sof Islom ta'limotlarini yetkazish; yoshlarni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash; jinoyatchilik, o‘z joniga qasd qilish, yot g‘oyalar ta'siriga berilib ketish kabi salbiy holatlarning oldini olish borasida o‘quvchilarga tushunchalar berilmoqda.

Paxtachi tuman bosh imom xatibi Isroil Amirillayev tumandagi 40-maktab yuqori sinf o‘quvchilari bilan bo‘lib uchrashdi. Suhbat jarayonida o‘quvchilarga har bir inson o‘z tug‘ilib o‘sgan Vataniga sadoqatli, halol inson bo‘lib kamol topishi kerakligi, bunda esa tarbiya bilan bir qatorda ta'lim ham muhim ahamiyat kasb etishi haqida gapirib, “Yoshlarni turli zararli oqimlar ta'siriga tushib qolishining oldini olish” mavzusida hayotiy misollar bilan keng yoritib berdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 14/10/2019 17:23;   Ko‘rilganligi: 1061
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/sof-islom-talimotlarini-etkazish-boyicha-tadbirlar-otkazilmoqda
Chop etilgan vaqti: 26/02/2024 09:18
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing