O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Sof islom bilan buzg‘unchi oqimlarning yo‘llarini adashtirib qo‘ymang!

 
 

Muqaddas dinimizning asl mohiyatini o‘rganishni bugungi hayotning o‘zi taqozo qiladi. Chunki dinning asl mohiyatini bilmagan yoshlar bugun  noxolis, ishonchsiz manbalardan Islomni o‘rganishga harakat qilayotganlari, buning natijasida har xil buzg‘unchi oqimlarning ta'siriga tushib qolayotgani sir emas.

Samarqand shahar Botir Zokirov mahalla fuqarolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Xo‘ja abdu Mo‘min” jome masjidi imom xatibi Jahongir Xatamov yig‘ilganlarga “Bugun ijtimoiy tarmoq yoki boshqa ishonchsiz manbalar orqali Islom  diniga taalluqli biror yangilikka guvoh bo‘lsangiz unga ishonib ketavermasdan soha mutahassislariga murojaat qiling, so‘rang. Sof islomiy aqida bilan dinni  niqob  qilib din hukmlarini noto‘g‘ri talqin qiluvchi buzg‘unchi oqimlarning yo‘llarini adashtirib qo‘ymang! To‘g‘riligini bilganingizdan keyingina amal qilishingiz mumkin.   Dindan to‘liq xabari bo‘lmagan yoki dinni  niqob  qilib din hukmlarini noto‘g‘ri talqin qiluvchilarning yo‘llariga kirib adashib qolmang. Dono xalqimiz: “So‘rab o‘rgangan – olim, orlanib so‘ramagan – o‘ziga zolim”, deb bejiz aytmagan”, deya tushunchalar berdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 09/10/2019 11:47;   Ko‘rilganligi: 1159
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/sof-islom-bilan-buzgunchi-oqimlarning-yollarini-adashtirib-qoymang
Chop etilgan vaqti: 13/05/2024 04:07
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing