O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Samarqand viloyatidan Haj safariga boruvchilar uchun ibodatga doir malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminari yo‘lga qo‘yildi

 
 

Ma'lumki, yurtimizda har yil Haj va Umra ishlari yuqori saviyada tashkil etiladi. 2017 yildan boshlab 7200 ta hamyurtlarimiz Haj amalini ado etish baxtiga muyassar bo‘lib kelmoqdalar. 2019 yil Haj ibodatini amalga oshirish uchun Samarqand viloyatidan 450 nafar fuqarolar Saudiya Arabistoni mamlakatiga jo‘nab ketadilar. Haj ishlarini yanada yuqori saviyada tashkil etish, Samarqand viloyatidan Haj safariga boruvchilar uchun ibodatga doir malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida o‘quv-seminar hamda ziyorat tashkil etildi. Ushbu o‘quv-seminar va ziyorat 9 kundan iborat bo‘lib, Haj amalini ado etuvchi 450 nafar nomzodlar 50 kishidan 9 ta guruhga bo‘lingan holda mashg‘ulotlarda ishtirok etadilar.

Bugun mana shunday o‘quv-seminarning birinchisi tashkil etildi. 50 nafar seminar ishtirokchilari o‘zlariga biriktirilgan guruh rahbari hamkorligida Samarqand viloyat vakilligi binosidan maxsus ajratilgan avtobusda Imom Buxoriy majmuasiga yo‘l oldilar. U joyda dastlab Imom Buxoriy hazratlarining qabrlari ziyorat qilinib, haqlari tilovat va duolar o‘qildi. Shundan so‘ng Imom Buxoriy nomli oliy hadis maktabi va xalqaro ilmiy tadqiqot markazi faoliyati bilan tanishuv bo‘lib o‘tdi. Imom Buxoriy xalqaro markazining yig‘ilishlar zalida Haj va Umra ziyoratini bajarish bo‘yicha tayyorlangan video qo‘llanma monitor orqali namoyish etilgan holda o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Juma namozi ado etilib, tushlik qilinganidan so‘ng o‘quv-seminar qatnashchilari Samarqand shahriga kelib, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov qabrlari va "Hazrati hizr" majmuasini ziyorat qildilar. Bu kabi o‘quv mashg‘ulotlar orqali ko‘nikmaga ega bo‘lgan ziyoratchilarda o‘z ibodatlarini yanada mukammal va bekamiko‘st bajarishlari uchun malaka hosil bo‘lishi shubhasizdir. O‘quv-seminar davom etadi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 21/06/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 626
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/samarqand-viloyatidan-haj-safariga-boruvchilar-uchun-ibodatga-doir-malaka-va-konikmalarni-shakllantirishga-bagishlangan-oquv-seminari-yolga-qoyildi
Chop etilgan vaqti: 15/06/2021 05:25
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing