O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Samarqand shahrida oila va uning mustahkamligi borasida Respublika seminari bo‘lib o‘tdi

 
 

Bugun, 28 sentyabr kuni Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi” katta majlislar zalida “FHDYO organlari faoliyatida qonuniylikni ta'minlash, ularning oilani mustahkamlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va oilaviy ajralishlarning oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishdagi faol ishtiroki: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Xotin-qizlar qo‘mitasi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Oila” ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din ishlar bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idoarsi vakillari, hokimliklar xodimlari hamda Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan imom xatiblar ishtirok etdi.

         Tadbirda so‘zga chiqqan notiqlar FHDYO organlari faoliyatida qonuniylikni ta'minlash, yoshlarni hayotga tayyorlash tizimi, Islom dinida oila mustahkamligini ta'minlovchi ta'limotlar, oilaviy kelishmovchiliklarni oldini olish va bartaraf etish masalalarida ma'ruza qildilar.

 

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 28/09/2019 16:56;   Ko‘rilganligi: 1282
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/samarqand-shahrida-oila-va-uning-mustahkamligi-borasida-respublika-seminari-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 07/10/2024 09:12
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing