O‘ZBEKISTONDAGI QO‘LYOZMA FONDLARI: MUHOFAZA QILISH, KATALOGLASHTIRISH VA MUTAXASSISLAR MALAKASINI OSHIRISH MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY O‘QUV SEMINARI BOSHLANDI
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 21-22 iyun kunlari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom hamkorlik tashkiloti (OIS)ning Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish Markazi (IRCICA) tashkiloti hamkorligida “O‘zbekistondagi qo‘lyozma fondlari: muhofaza qilish, kataloglashtirish va mutaxassislar malakasini oshirish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy o‘quv seminari tashkil etilishi rejalashtirilgan edi.
21 iyun kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markaziga xalqaro ilmiy-amaliy o‘quv seminari hay’ati a’zolari, IRSIKA bosh direktori – professor Xolit Eren, IRSIKA tadqiqotlar va nashrlar bo‘limi boshlig‘i – professor A. Muminovlar tashrif buyurdi. Respublikamiz hududlaridan ilmiy-amaliy o‘quv seminari ishtirokchilari, olimlar, soha vakillari, mehmonlar Markaz direktori dotsent Sh. Ziyodov va ilmiy xodimlar tomonidan kutib olindi. Sh. Ziyodov Markaz asosiy foyesida tadbir ishtirokchilariga ushbu markaz Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoevning g‘oyasi va tashabbusi asosida bunyod etilib, qisqa fursatda xalqimiz va butun islom olami uchun ma’naviyat-ma’rifat maskaniga aylanib ulgurganligi, uning faoliyati va vazifalari haqida gapirib, mehmonlarga ilmiy xodimlar tomonidan ulug‘ allomalarimizning bebaho ma’naviy merosini tadqiq etish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima qilish va o‘rganish hamda mavjud manbalarni xalqimiz va jahon jamoatchiligiga yetkazish kabi mas’uliyatli vazifalar bilan shug‘ullanib, ilmiy tadqiqotlar olib borayotganligi to‘g‘risida ham ma’lumotlar berdi.
Kiritilgan vaqti: 21/06/2019 00:00; Ko‘rilganligi: 1470
Chop etilgan vaqti: 03/12/2024 00:20