O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

“O‘zbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi

 
 

Bugungi kunda O‘zbekiston millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va murosa borasida nafaqat MDH davlatlari, balki butun dunyoga namuna bo‘lmoqda. Albatta, xalqimizga xos bu xislatlar bir zumda paydo bo‘lgan emas, balki uzoq tarixiy jarayonlarning natijasidir. Bu kabi odatlarimiz bundan buyon ham davom etishi yurtimizning tinch va farovon bo‘lishining omillaridan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Shu munosabat bilan Muhammad al-Xorazmiy nomli Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Samarqand viloyat filialiga qarashli akademik litseyda o‘quvchilar bilan “O‘zbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand shahar “Xo‘ja abdu Mo‘min” jome masjidi imom xatibi Jahongir Hotamov ishtirok etib, talabalarga muqaddas dinimiz ta'limotlarida millatlararo totuvlik, birdamlik va diniy bag‘rikenglikka munosabat to‘g‘risida tushunchalar berdi. O‘zaro savol-javob tarzida qizg‘in bo‘lib o‘tgan tadbirda ishtirokchilar o‘zlari uchun zarur ma'lumotlarni oldi deb hisoblaymiz.  

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi 


Kiritilgan vaqti: 27/09/2019 17:44;   Ko‘rilganligi: 1442
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/ozbekiston-millatlararo-totuvlik-va-diniy-bagrikenglik-yurti-nomli-davra-suhbati-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 08/11/2024 15:49
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing