O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

OTINOYILARNING BILIM SAVIYALARI VA FAOLIYATLARI SAMARADORLIGI OSHIRILMOQDA

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligining tadbirlar rejasiga muvofiq 6-13 iyun kunlari Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlari, Jomboy, Ishtixon, Payapriq, Pastdarg‘om, Samarqand, Tayloq va Urgut tumanlarida Otinoyilarning bilim saviyasini yuksaltirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda jamoat ishlaridagi faolligini yanada oshirishga qaratilgan qisqa muddatli hududiy o‘quv-seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish belgilangan.

Mazkur yig‘ilish bayoni qarori muvofiq bugun 6 iyun kuni viloyatimizning Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlari, Pastdarg‘om, Urgut hamda Payariq tumanlarida dastlabki qisqa muddatli hududiy o‘quv-seminar mashg‘ulotlari boshlandi.

Ushbu o‘quv-seminarlarda O‘MI Samarqand viloyati vakilligi rahbarlari, SamDU va SamISI oliygohlarining yuqori malakali professor-o‘qituvchilari, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining ilmiy xodimlari va Imom Buxoriy xalqaro markazi vakillari hamda boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari o‘zlarining sermazmun ma'ruzalari bilan ishtirok etmoqdalar.

Ko‘tarinki ruhda o‘tayotgan o‘quv-seminar mashg‘ulotlari davom etmoqda..

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 06/06/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 670
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/otinoyilarning-bilim-saviyalari-va-faoliyatlari-samaradorligi-oshirilmoqda
Chop etilgan vaqti: 25/09/2021 10:48
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing