O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Oilada er va xotinning burchlari

 
 

Kattaqo‘rg‘on shahar FHDYO bo‘limida oila quruvchi yoshlar bilan "Oilada er va xotinning burchlari” to‘g‘risida suhbat bo‘ldi. Shahar oila markazi va shahar bosh imom xatibligi ishtirokida o‘tgan tadbirda shahar bosh imom xatibi Xayrulloh Do‘stmurodov ma'ruza bilan ishtirok etib, oila qurish ostonasida turgan yoshlarga quyidagicha tushunchalar berdi: “Azaldan ota-bobolarimiz oila totuvligi va mustahkamligini boshqa masalalardan  ko‘ra  birinchi o‘ringa qo‘yib, oilaning  tartib intizomi va tarbiyasi bilan  alohida  shug‘ullanganlar. Zero,  oila  qurish,  oilaviy ishlar bilan shug‘ullanish  ulug‘  ibodatlardan bo‘lib, bir oilaning ajralishi bu turli fitna va fasodlarning  paydo bo‘lishi va  avj olishiga  olib keladi. Shuning uchun ham dinimizda oilaning ajralishi ma'qullanmaydi. Alloh taolo oilani saqlash mas'uliyatini erkaklarning zimmasiga yuklab,  Qur'oni karimda shunday marhamat qilgan:

“Ular bilan totuv turmush kechiringiz. Agar ularni yomon ko‘rsalaringiz, (bilib qo‘yingki,) balkim sizlar yomon ko‘rgan narsada Alloh (sizlar uchun) ko‘pgina yaxshilik paydo qilishi mumkin” (Niso, 19–oyat).

Islomda oiladagi kelinga xonadon sohiblari o‘z qizlari kabi munosabat ko‘rsatishga buyuradi. Albatta, kelinning ham zimmasida oilada  o‘ziga munosib  majburiyatlari  mavjud. Sabru qanoat, shukru itoat kabi fazilatlarni o‘zida kasb qilgan bo‘lishi,  yangi oila a'zolari bilan  odob-axloq va  izzat-hurmat me'yorlariga qat'iy rioya qilgan holda muomalada bo‘lish shular jumlasidandir. Ayniqsa, turmush o‘rtog‘iga nisbatan hurmat va e'tibor eng oliy darajada bo‘lishi talab etiladi”.

 

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 10/10/2019 15:04;   Ko‘rilganligi: 1304
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/oilada-er-va-xotinning-burchlari
Chop etilgan vaqti: 12/05/2024 19:12
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing