O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Ma'rifat sari yo‘naltirish har birimizning vazifamizdir

 
 

Islom insonni ruhiy, jismoniy poklanish yo‘li bilan kamolatga yetaklab, muntazam ravishda ijtimoiy faollikka, ma'rifatli bo‘lishga da'vat etadi. Islomda masalaga ko‘r-ko‘rona yondashuv, biryoqlama xulosalar, jaholat keskin qoralanadi. Ayrim yovuz aqidaparast kuchlar yoshlar ongini zaharlab, ularni ko‘p qadim qadriyatlarimizdan uzoqlashtirayotganligi, ularni jaholatga tortayotgani va bunga aldanib qolayotganlar ozmi-ko‘pmi borligi achinarli, albatta. Bugun yovuz kuchlarning puch g‘oyalari, soxta da'vatlariga bilmasdan uchib, yo‘lidan adashib qolayotgan yoshlarimizni jaholat batqog‘idan qutqarish, ularni ma'rifat sari yo‘naltirish har birimiz uchun mas'uliyatli vazifadir.

Samarqand viloyat hokimligi, O‘MI viloyat vakili Z.Eshonqulov hamda Kattaqo‘rg‘on tuman bosh imom xatibi X.Shomurodov hamkorlikda Kattaqo‘rg‘on tuman “Chig‘atoy” va  “Nisbat” mahalla fuqarolari bilan davra suhbatlari o‘tkazib, “jaholatga qarshi ma'rifat” g‘oyasi, islom dinining insonparvarlik, ezgulik va tinchlik kabi fazilatlari hamda diniy bag‘rikenglik, ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligi va qonun ustuvoriligini ta'minlash kabi bir qator ustuvor vazifalar haqida so‘z yuritdilar. Shuningdek, vakillar tumandagi “Bag‘ot”, “Chig‘atoy” mahallalarida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning xonadonlarida bo‘lib, ular va oila a'zolari bilan yaqindan suhbatlashib, muammo va fikrlarini tingladi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 17/10/2019 15:49;   Ko‘rilganligi: 1316
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/marifat-sari-yonaltirish-har-birimizning-vazifamizdir
Chop etilgan vaqti: 13/10/2024 06:13
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing