Mahallaga barchamiz birdek mas'ulmiz
Kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni turli tahdidlar, “ommaviy madaniyat”, diniy ekstremizm kabi xatarlarning o‘nglab bo‘lmas ta'sirlaridan himoya qilish va ularni har jihatdan yetuk insonlar etib kamolga yetkazish bugun har qachongidan ham dolzarb hisoblanadi.
Bu borada, shubhasiz, mahallaning o‘rni hamda ahamiyati beqiyos. Shu bois mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga hamda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Xususan, joriy yilning 2 oktyabr kuni Samarqand shahar, Obi Rahmat mahallasida yashovchi fuqarolar bilan “Mahallaga barchamiz birdek mas'ulmiz” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “Damariq” jome masjidi imom xatibi Nursulton Abdumannanov ekstremistik oqimlar, informatsion xurujlar, missionerlik hamda “Ommaviy madaniyat” bilan bog‘liq mafkuraviy tahdidlarning oldini olishga qaratilgan ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 02/10/2019 16:03; Ko‘rilganligi: 1343
Chop etilgan vaqti: 03/12/2024 01:04