O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Isrofgarchilik bugungi kunning dolzarb muammolaridandir

 
 

Ma'lumki, mahalla yig‘inlari qoshida  “To‘y-hashamlar, ma'raka va marosimlarni tartibga solish bo‘yicha komissiya” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. – Komissiya a'zolari, imom-xatib, katta tajribaga ega yoshi ulug‘ nuroniylar,  mahalla faollari bilan birga to‘ylarni ixcham, tartibli va kamchiqim tarzda o‘tkazish borasida muntazam ish olib borayapdi. “Kengashli to‘y tarqamas”, deganlaridek, mahallaning to‘y, marosimlarni tartibga soluvchi komissiyasi a'zolari to‘y egalari  bilan kengashib olishadi. Shuningdek, to‘yni tartibli, ortiqcha isrofgarchiliksiz o‘tkazish, marhumlarning haqqiga atab qilinadigan ma'rakalarni chegaralash borasida to‘y aholi orasida tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Bulung‘ur tumani Kildon mahallasi fuqarolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Kildon” jome masjidi imom xatibi Tolib domla Mamatqulov, mahalla xodimlari va prafilaktika noziri ishtirok etdi.  Unda hududda ma'raka va marosimlarni ixcham qilib o‘tkazish to‘g‘risida suhbat o‘tkazildi.

– To‘y-marosimlardagi ortiqcha chiqim, dabdababozlik oqibatida kelib chiqayotgan isrofgarchiliklar bugungi kunda dolzarb muammo bo‘lib turibdi. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)dan rivoyat qilingan hadisda: “Nikohning yaxshisi ta'minoti yengilroq bo‘lganidir”, “Ayolning yaxshisi mahri yengil bo‘lganidir”, deyiladi. Ikki yosh baxti uchun ota-onalar o‘zlariga ham, farzandlariga ham jabr qilmay, ixcham, ortiqcha rasm-rusumlarga mablag‘larini isrof qilmay, to‘y qilishlari joiz – dedi, Tolib domla Mamatqulov.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati

 


Kiritilgan vaqti: 20/01/2020 15:51;   Ko‘rilganligi: 1355
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/isrofgarchilik-bugungi-kunning-dolzarb-muammolaridandir
Chop etilgan vaqti: 24/04/2024 05:02
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing