ILM-KELAJAK POYDEVORI
Ishtixon tumanida bugungi kunda 95 ta umumta'lim maktab va 2 ta ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi (IDUM) mavjud. Tumandagi 11 ta jome masjidda faoliyat olib borayotgan imom xatib va imom noiblar o‘z hududlaridagi maktablar bilan uzviy aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Belgilangan reja asosida imom xatiblar maktab o‘quvchilari bilan uchrashib, diniy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazib kelmoqda.
Maktab bag‘rida yayrab bilim olayotgan o‘quvchilarning ulg‘ayib ertaga el koriga yaraydigan munosib vorislar bo‘lishini bugundan o‘ylamoq aslo kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardan biridir. Chunki, bola qalbidagi jamiki orzu-umidlar ana shu qadrdon oshiyonda shakllanadi.
Ishtixon tuman “Polvon ota” jome masjidi imom xatibi Alijon Yaqubov tumandagi 41-maktab o‘quvchilari bilan uchrashib, ularga ilm va uning fazilati haqida so‘zlab berdi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 14/10/2019 15:46; Ko‘rilganligi: 1738
Chop etilgan vaqti: 05/10/2024 10:56