Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan uchrashuv
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng 9 may-“Xotira va Qadrlash kuni” sifatida har yili keng nishonlanmoqda. Bu kunda II jahon urushida, qatog‘on yillarida millatimiz, yurtimiz kelajagi yo‘lida qurbon bo‘lganlarni xotirlash bilan bir qatorda xalq farovonligi uchun fidokorona mehnat qilgan tabarruk yoshdagi otaxonu onaxnlarimizga ham cheksiz izzat va ehtirom ko‘rsatish ayyomidir. Shuningdek, ona-Vatanimizning taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan barcha faxriylarimizni e'zozlash, qadrlash bayramidir.
Bayram munosabati bilan amalga oshirilayotgan ishlar zamirida Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan imom xatiblar ham Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan uchrashib, bayram bilan qutladilar va sovg‘alar taqdim etdilar.
Urgut tuman bosh imom xatibi Sh.Haqberdiyev tuman hokimi, tuman IIB boshlig‘i va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda Urgut tumanida yashovchi Ikkinchi jahon urishi qatnashchilari Nuraliyev Sherali, Gadayev Bo‘ron, Borotov Rahmon, Usmonov Homid, Meliyev Muhammad va Ostanaqulov Qurbonlarning xonadonlariga borib, 9 may "Xotira va qadrlash kuni" bayrami bilan tabrikladilar.
Shuningdek, ushbu bayram munosabati bilan Jomboy tuman "To‘qqizboy" mahallasida yashovchi Ikkinchi jahon urishi qatnashchisi Ortiqov Hasan boboni "Ko‘k to‘nli bobo" masjidi imom xatibi N.Xidirov ziyorat qilib, u kishining suhbatlarida bo‘ldi. Hasan bobo hozirgi kunlarimizni qadriga yetish, shukronalikni yo‘qotmaslik haqida gapirib, urush yillari, o‘sha mash'um kunlar xotirasi bilan o‘rtoqlashdilar va Alloh taolodan o‘tgan yurtdoshlarimizni barchalarini o‘z rahmatiga olishi, qolganlarni farovonlikda hayot kechirishlarini so‘rab duo qildilar. Hasan boboga xayr-ehson va sovg‘alar taqdim qilindi.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 10/05/2019 00:00; Ko‘rilganligi: 1644
Chop etilgan vaqti: 06/12/2024 23:08