Harbiylar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Samarqand viloyatining Urgut tumani qo‘shni Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh hududlardan hisoblanadi. Tumanning markazdan uzoq hududlari aholisi bilan imom-xatiblar tomonidan doimiy tarzda ma'naviy-ma'rifiy tadbir va uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda. Bugun Samarqand viloyat hokimining o‘rinbosari D.Mamadkulov va viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulovlar Urgut tumani chegara hududida joylashgan harbiy qismda bo‘lib, harbiylar va chegara qismi xizmatchilari bilan davra suhbati o‘tkazdi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 07/03/2020 15:48; Ko‘rilganligi: 1508
Chop etilgan vaqti: 05/10/2024 02:10